Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining o'zaro hamkorligini tashkil etish Reja: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'zaro hamkorligining mohiyati va ahamiyati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'zaro hamkorligining tashkiliy huquqiy asoslari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqni muhofaza qilishga ko'maklashuvchi boshqa organlar bilan o'zaro hamkorligini tashkil etish. Muvofiqlashtirish prinsiplari Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining o'zaro hamkorligini tashkil etish Prokuratura organiga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar orqali qonunlar ijrosi ustidan nazorat funksiyasidan tashqari, bir vaqtning o'zida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi ham yuklatilgandir. Shu munosobat bilan ham barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar har oy, chorak va yillik hisobotlarini prokurorlarga topshiradilar. Prokurorlar bu statistik hisobotlardan sodir etilgan jinoyatlar, ularning xarakteri, jinoyatlarning kelib chiqish shart-sharoitlari, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, kim tomonidan sodir etilganligi, kimga nisbatan sodir etilganligi, voqea sodir etilgan joy, vaqt, jinoyat sodir etish uslubi, jinoyat qurolining turi va haka'zolar haqidagi ma'lumotlar majmuasidan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirilib, tegishli reja tuzish va tadbirlar o'tkazishda foydalanadilar. Koordinatsiya (lotincha cordinatio - so'zidan olingan) deganda «muvofiqlik», «kelishuvlilik», (koordinatsiyalash) muvofiqlashtirish deganda- ishtirokchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatni o'rnatish tushuniladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo'nalishlarini kelishuvchilik asosida ta'minlash maqsadida o'z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi. Muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi jinoyatga qarshi kurashuvchi strukturalarning o'zaro bog'liq va hamkorlikda harakat qilishini ta'minlash, jinoyatlarni tez, to'la har tomonlama aniqlash, tergov olib borish, ochish hamda vakolatli organlarga uning yuzaga kelish sabab va sharoitlarini oldini olishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish hisoblanadi. Predmeti - huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o'zaro hamkorligini engillashtirish, ularning umumiy vazifalari, ularning har biriga xos bo'lgan huquqiy, tashkiliy, informatsion va boshqa vosita, shakl va uslublarni tahlil qilishdan iborat. Koordinatsiya natijasi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida yuqori cho'qqilarga erishish hisoblanadi. Bunday vakolatni qonun Bosh prokuror va unga bo'ysunuvchi prokurorlarga beradi. Bu borada: prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, statistik va boshqa ma'lumotlarni talab qiladi, turish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini o'rgangan holda ularni birlashtirish masalasini ko'rib chiqadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'zaro hamkorligining tashkiliy huquqiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 8-moddasida Jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish tartibi belgilangan bo'lib, unda ko'rsatilishicha, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta'minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma'lumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi deb qayd etilgan. Muvofiqlashtiruvchi kengash - barcha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.82 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.82 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: doc