Huquqni o'qitishning maqsad va vazifasi

Huquqni o'qitishning maqsad va vazifasi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqni o'qitishning maqsad va vazifasi - rasmi

Material tavsifi

Huquqni o'qitishning maqsad va vazifasi Reja: Huquqni o'qitish fanining maqsad, vazifasi, predmeti Huquqiy ta'lim tushunchasi Huquqni o'qitish metodikasi 1. Huquqni o'qitish fanining maqsad, vazifasi, predmeti Hart bir huquqiy bilim beruvchi ustoz o'z oldiga aniq maqsad qo'yishi lozim. Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruh shaxslarida huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdir. Huquqiy bilim olish jaraoyonida tinglovchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o'z huquq, erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatlarini o'rganishlari lozim. Huquqiy bilim bilan bog'liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o'zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o'rnatilgan tartib-qoidalarni buzmasliklari kabi tarbiyaga erishishlari kerak. Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o'rinni huquqiy bilim beruvchi shaxs egallaydi. Fanning va o'qituvchining vazifasi ham shundadir. Huquqiy bilim to'laligicha maxsus o'quv muassasalarida beriladi, u yerda mutaxassis - huquqshunoslar tayyorlanadi. Boshqa ta'limda esa umumiy huquqiy bilim beriladi. Masalan, maktab o'quvchisiga jinoiy ish yuritish asoslarini o'rgatish shart emas. Lekin u mehnat huquqidan, oila huquqidan va boshqa huquq sohalaridan o'ziga tegishli huquqiy ma'lumotlarni olib, bilimga ega bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishda Konstitutsiya qanday hujjat, unda nimalar bayon etilgan, davlat suvereniteti, inson huquqlari, erkinliklari va burchlari nima, shaxsning qanday huquqlari mavjud, ular qanday kafolatlanadi? degan savollar javobini egallash darajasida tinglovchi bilim olishi kerak. Huquqiy bilim olgan shaxs o'z bilimini hayotda ishlata bilishi, tadbiq eta olishi kerak. Masalan, inson va fuqarolarning huquq, erkinliklari, burchlari bo'yicha dars jarayonida o'rganganlarini hayotda foydalana olishi, shaxsning qonun asosida o'zini himoya qilishi, o'z burchlarini bajarishi xatti-harakatlaridan kelib chiqadi. Mehnat huquqidan olgan bilimi aososida shaxs o'z mehnat faoliyatini huquqiy tartib doirasida bajaradi va o'zgalardan, ish beruvchidan o'zining huquqlarini himoya qila oladi. Ariza, dalolatnoma, talabnomama va boshqa ma'lumotlarni yozishni ham dars jarayonida o'rgatilganligi tufayli hayotda shaxs qiynalmasdan ish tutadi. 2. Huquqiy ta'limning asosiy belgilari Huquqiy ta'lim jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o'rgatilishi lozim; birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog'langan bo'lishi kerak; ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o'rgatiladi; uchinchidan, shaxs doim o'z ustida ishlashi, izlanishi biror natijaga ega bo'lishlikka harakat qilishi kerak; to'rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish xislatlariga ega bo'lishni shakllantirish. Huquqiy ta'limning asosini bilim tashkil etadi. Bilim shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. O'qituvchi dars jarayonida jamiyat va davlatdagi yangiliklarni o'zi mukammal bilishi va ularni tinglovchilarga o'rgatishi lozim. Masalan, yangi qabul qilingan qonunlarda, inson huquqiga, mehnat, fuqarolik, oilaviy munosabatlariga bog'liklarini o'quvchi o'qituvchisidan o'rganadi. Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning boshqarilishini; huquqqa bog'liq tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga