Huquqni qo'llash hujjatining yuridik texnikasi

Huquqni qo'llash hujjatining yuridik texnikasi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqni qo'llash hujjatining yuridik texnikasi - rasmi

Material tavsifi

Huquqni qo'llash hujjatining yuridik texnikasi Reja: Huquqni qo'llash hujjatining tushunchasi va turlari. Huquqni qo'llash hujjatlarining rekvizitlari va tuzilishi. Huquqni qo'llash hujjatining kirish qismi. Huquqni qo'llash hujjatining tavsiflovchi qismi. Huquqni qo'llash hujjatining motivlashtiruvchi qismi. Huquqni qo'llash hujjatining rezolyutsiya qismi. 1.Huquqni qo'llash hujjatining tushunchasi va turlari. Fuqarolar va tashkilotlar huquqiy munosabatlarga ixtiyoriy, majburlov kuchisiz va o'zaro kelishuvga asosan kirishadilar va shu munosabatlar orqali o'zlarining subyektiv huquqdaridan foydalanadilar, o'zlariga yuklatilgan majburiyatlarini bajaradilar hamda qonun bilan o'rnatilgan normalarga rioya qiladilar. Shu bilan birga ba'zi hollarda huquqni tatbiq etish uchun davlatning aralashuvi zaruriyati tugiladi, chunki busiz huquqni amalga oshirish mumkin bo'lmay qoladi. Bir qator huquqiy munosabatlar davlat va davlat organlarining bevosita ishtiroki bilan belgilanadi. Masalan, armiya safiga chaqirish, fuqarolarning nafaqa olish huquqini amalga oshirish, sodir qilingan huquqbuzarlik uchun tegishli ta'sir choralarini belgilash kabi faoliyat bo'yicha tegishli davlat organlarining bu masalalar bo'yicha huquqni tatbiq etishga qaratilgan qarori zarur bo'ladi. Umuman olganda, davlatning huquqni qo'llash borasidagi faoliyati jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi va qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Huquqni qo'llash - ma'lum yuridik ishlar bo'yicha yuridik faktlar yoki muayyan huquq normalariga asoslanib, vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan individual qarorni tayyorlash va uni qabul qilish bilan bog'liq, bo'lgan hokimlik faoliyatidir. Huquqni qo'llash - vakolatli organlar va shaxslarning yuridik ish bo'yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy normalar asosida alohida qarorni tayyorlash va qabul qilish borasidagi hokimiyat mazmuniga ega bo'lgan faoliyatidir. Huquqni qo'llash aktlari - konkret shaxs (shaxslar)ning huquqlarini, majburiyatlarini yoki ularning yuridik javobgarlik darajasini belgilovchi, yuridik faktlar va huquq normalariga asoslanib vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan huquqiy aktdir. Rossiyalik huquqshunos olim, professor V.I.Leushinning ta'rificha, Huquq qo'llash hujjati - bu vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxsning yuridik hujjatlar va huquq normasi asosida chiqaradigan, konkret shaxslarning huquq va majburiyatlarni yoki yuridik javobgarligi doirasini belgilaydigan huquqiy hujjatidir1. Masalan, taniqli huquqshunos olim Z.Islomov huquq qo'llash hujjatiga quyidagicha ta'rif bergan: Huquq qo'llash hujjati - bu kompetentli subyekt tomonidan konkret yuridik ish yuzasidan subyektiv huquq yoki yuridik majburiyat bor yoki yo'qligini aniqlash va tegishli huquq normalari va ularning normativ amalga oshirish manfaatida ularning doirasini belgilash maqsadida qabul qilinadigan davlt-hokimiy, individual - aniq hujjatdir2. Huquqni qo'llash: Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne'matlarni davlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amalga oshirish ijtimoiy ta'minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to'g'risidagi qarorini zarur element sifatida o'z ichiga oladi. Davlat yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimiyat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.21 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.21 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga