Huquqning mohiyati va sotsial normalar

Huquqning mohiyati va sotsial normalar

O'quvchilarga / Huquq
Huquqning mohiyati va sotsial normalar - rasmi

Material tavsifi

Huquqning mohiyati va sotsial normalar Reja: 1. Huquqning mohiyati tushunchasi,belgilari, xususiyatlari. 2. Huquqning asosiy tamoyillari. 3. Huquqning funksiyalari. 4. Huquqning mohiyati haqida turli xil nazariyalar. Huquqning mohiyati tushunchasi, belgilari, xususiyatlari. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonunlariga muvofh ravishda rivojlanadi, takomillashib boradi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o'rtasida kelishuvni ta'minlash, ayrim fuqarolar asoyishtaligini saqlashga ko'maklashish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy soqalarda davlat ishlab chhqan siyosatni amalga oshirilishi orqali jamiyat taraqqiyotini ta'minlashdan iborat. Huquq - bu qonunlar yig'indisi, muayyan xatti-harakat qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. huquqning shakllariga, demokratik yoki muattasib, unga ijtimoiy adolat qoyalari qay darajada mujassamlashganligiga milliy an'analar, muayyan tarixiy sharoit davlat tepasidagi shaxslar va boshqa ko'pgina omillar ta'sir qiladi. Huquq - bu kishilarni ijodiy imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlash vositasida jamiyatning gullab-yashnashiga ko'maklashuvchi, kishilar hamkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi, yovo'z kuchlarni jilovlab turuvchi, bu kuchlarni fuqorolar, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazishlariga yo'l qo'ymaydigan vositalar yhindisi bo'lmoqi kerak. Huquq shunchalik keng (buyuk) murakkab va ijtimoiy muhim bo'lgan fenomen bo'lib, o'zining butun amaldagi faoliyatida unga nisbatan bo'lgan ilmiy qiziqish nafaqat tugaydi, balki oshishi ko'zatiladi. Hozirgi yuridik fanlarda «huquq» termini bir necha ahamiyatga egaligi haqida so'z yuritiladi va ulardan foydalaniladi. 1-dan, kishilarning ijtimoiy huquqiy intilishlarini huquq d-i, masalan, yashash huquqi, xalqlarning o'z-o'zini tanish huquqi va x.k. bu intilish va bog'liqliklarning kishilarning va jamiyatning tabiatidan kelib chiqib, tabiiy huquq deb hisoblanadi; 2-dan, huquq deb yuridik normalar tizimi tushuniladi. Bu huquq obyektiv ma'noda quyidagicha tushuniladi, ya'ni huquq normalari ba'zi bir shaxslarning erkiga bog'liq bo'lmasdan yaratiladi va harakatda bo'ladi. 3-dan, bu atama orqali yuridik, fizik shaxslar yoki tashkilotlarning rasmiy tan olingan imkoniyatlarini belgilashadi; 4-dan, «huquq» atamasini barcha huquqiy hodisalarning tizimini belgilash uchun ishlatiladi (jumladan, tabiiy huquqni obyektiv va subyektiv ma'nodagi huquqni hamrab olgan holda) Huquq - ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga soluvchi tizim bo'lib, asosiy qism qonunchilikda o'z ifodasini topadi, rasmiy manbalarda normativlilik va rasmiy aniqlikka ega bo'lib, adolatparvarlik va erkinlik g'oyalariga suyanadi (tayanadi). Hozirda huquq tushunchasi va mohiyatini anglashda 3 xil yonlashuv mavjud bo'lib, ularga: normativ yondashuv (podxod); sotsiologik yondashuv; falsafiy yondashuvlar kiradi. Huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi maxsus tizimini xarakterlovchi muhim xususiyatlarni quyidagilar tashkil etadi. Normativlik, huquqning intellektual-erkin xarakterdaligi, davlatning majburlov kuchi bilan ta'minlanishi, rasmiy aniqlik, tizimga egaligi va boshqalar Huquq murakkab tizimiy tashkiliylikdan iborat bo'lib, uni tushunishning uchta elmentga bo'linishi katta ahamiyat kasb etadi, ya'ni huquqni tabiiy, pozitiv (ijobiy) va subyektiv huquqlarga bo'linishidir. A) tabiiy huquq - bu inson va jamiyatning tabiati bilan shartlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga