Huquqning paydo bo'lishi, mohiyati

Huquqning paydo bo'lishi, mohiyati

O'quvchilarga / Huquq
Huquqning paydo bo'lishi, mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Huquqning paydo bo'lishi, mohiyati belgilari, tizimi va manbalari Reja: 1. Huquqning belgilari, vazifalari. 2. Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar. 3. Huquq va axloq. Huquq normalari, tizimi. 4. Huquq manbalari. 5. Huquqbuzarlik, belgilari, turlari. Huquq, uning belgilari va vazifalari. Huquq - butun jamiyatning umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimida ifodalangan irodasidir. Huquq atamasi bir tomondan ijtimoiy mazmunga, ikkinchi tomondan yuridik mazmunga egadir. Shaxsning xulq-atvori axloq, urf-odatlar, an'analar nuqtai nazaridan asoslangan hollarda umumijtimoiy ma'nodagi huquq to'g'risida so'z boradi. Huquq to'g'risida yuridik hodisa sifatida so'z borganda erkinlik, shuningdek xulq-atvor majburiyati davlat hokimiyatining kuchi bilan mustahkamlanishi, normativ ahamiyatga ega bo'lishi, qonunlar, boshqa davlat-hokimiyat hujjatlari bilan mustahkamlanishi nazarda tutiladi. Yuridik tushuncha sifatida huquq obyektiv va subyektiv huquqlarga bo'linadi.obyektiv huquq-umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig'indisi. subyektiv huquq-muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo'lgan huquq. Huquq normalari yuridik kuchga ega bo'ladi, doimo tegishli normativ aktda mujassamlashadi va umummajburiy xulq-atvor qoidalari hisoblanadi. Lekin bu o'xshashlik tashqi tomondan, ya'ni hodisalar yuzasida qalqib turgan va ko'zga tashlanadigan holatlardir. Ularning bir butun birlashtiruvchi ichki bog'liqligi davlatning huquq normalari tizimida taqdim etilgan va ifodalangan butun jamiyatning irodasi hisoblanadi. Bu iroda huquqning mohiyatini tashkil etadi. Demak, davlat irodasi huquqning mohiyatini tashkil etadi va hodisalar yuzasida yuridik normalar tizimi ko'rinishida taqdim etiladi. Huquq davlat bilan chambarshas bog'langan. Davlatsiz huquq bo'lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. Davlat ham huquqsiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Huquqning asosiy belgilari: 1) barcha uchun majburligi; 2) huquq normalarining qonunlar va boshqa manbalarda ifodalanishi; 3) subyektiv huquqlar orqali harakat qilish; 4) davlat tomonidan ta'minlanganligi. Huquqning asosiy funksiyalari: 1) tartibga solish funksiyasi - amaldagi ijtimoiy aloqalar va tartibni mustahkamlash orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va u yoki bu subyektning faol xulqini ta'minlash. 2) muhofaza qilish funksiyasi - huquqiy himoya va yuridik javobgarlik choralarini belgilash, shaxslarning zimmasiga mas'uliyat yuklash tartibini o'rnatish. Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar. 1. Tabiiy huquq nazariyasi - huquq tabiatan mavjud, uni hech kim o'ylab topmagan, u xuddi insonning o'zi kabi tabiiydir deb hisoblaydi. Tabiiy huquq - davlatning huquq ijodkorligi intilishi zarur bo'lgan o'ziga xos ideal. 2. Huquqning tarixiy nazariyasi - huquq tarixan paydo bo'lgan va rivojlanadi deb hisoblaydi. Huquq tabiatdan kelib chiqmaydi. U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko'rinishga keltirsa, u shunday bo'lib qoladi. 3. Huquqning psixologik nazariyasi - huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini shaxs yoki shaxslar guruhining psixologiyasi bilan izohlaydi. Bunda, huquq psixologik yo'nalishlar, turli kechinmalar, hissiyotlar va institutlarning mahsuli, deb qaraladi. 4. Huquqning ijtimoiy nazariyasi-huquqning kelib chiqishini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.85 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.85 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga