Huquqning tushunchasi, mohiyati va qiymati

Huquqning tushunchasi, mohiyati va qiymati

O'quvchilarga / Huquq
Huquqning tushunchasi, mohiyati va qiymati - rasmi

Material tavsifi

Huquqning tushunchasi, mohiyati va qiymati Reja: Huquqni tushunishdagi plyuralizm. Legizm va uning mohiyati. Yusnaturalizm va uning mazmuni. Yuridik libertarizm. Huquq va qonunni farqlash Yuridik ontologiya, gnoseologiya va aksiologiya Libertar huquqni tushunish sharoitida huquqiy tartibga solishning xususiyatlari Huquqni tushunishdagi plyuralizm Davlat va huquq haqidagi fan sifatida yurisprudensiya uchun uning negizida yotuvchi huquqni tushunish (huquq tushunchasi) ning u yoki bu tipi bosh va asosiy ahamiyat kasb etadi. Aynan huquqni tushunishning tipi yuridik bilishning paradigmasi, prinsipi va namunasi (mazmun modeli) ni, xususan yurisprudensiya tegishli konsepsiyasining ilmiy-huquqiy mazmunini, predmet va metodini belgilab beradi. Bu har qanday izchil, tizimli asoslantirilgan, rivojlangan va tashkillashgan nazariya doirasida (xususan yuridik nazariya doirasida ham) tushunchaning ilmiy bilish maqomi va ahamiyati bilan belgilanadi. Huquq tushunchasida ilmiy-mavhum (konsentratsiyalashgan va ixcham) ko'rinishda muayyan yuridik nazariya, yurisprudensiya muayyan konsepsiyasining nazariy-huquqiy ma'nosi va mazmuni aks etadi. Agar huquq tushunchasi - bu ixcham (siqiq) holdagi yuridik nazariya bo'lsa, yuridik nazariya esa, - bu huquqning yoyiq (kengaytirilgan) tushunchasidir. Yaxlit yuridik fan esa (huquq haqidagi majmuaviy nazariy fan sifatida) huquq tushunchasini muayyan nazariya ko'rinishida izchil va to'la ochib berishdan iborat. Yuridik adabiyotda huquqni tushunishning turli tiplari mavjud, aniqrog'i huquqiy fikr tarixida va yurisprudensiya nazariyasida huquqni tushunishning asosan ikki tiplari o'zaro haqiqatga da'vo qilib kelishadi: 1) yuridik (ius - huquq); 2) legistik (lex - qonun). Huquqni tushunishning ushbu ikki tiplari o'rtasidagi farq quyidagicha. Legistik yondashuvga ko'ra, huquq - bu davlat (uning hokimiyati, erki-xohishi, ixtiyori) ning ijodi, mahsuli bo'lib, u rasmiy hokimiyatning amri (majburiy ko'rsatmasi, qoidasi, normasi, hujjati, akti). Bunda huquq davlatning rasmiy, majburlov qoidalariga tenglashtiriladi, ya'ni pozitiv huquqning formal manbalariga, ya'ni mazkur vaqtda va mazkur joyda qonuniy kuchga ega bo'lgan yig'ma ma'nodagi qonunga olib kelinadi, huquq bilan qonun tenglashtiriladi. Huquq bilan qonun (pozitiv huquq) ni bunday legistik tenglashtirish mohiyatiga ko'ra aynan legistik pozitivizm bo'lgan ―yuridik pozitivizmning prinsipi va ma'nosi hisoblanadi. Legistik (pozitivistik) huquq tushunish huquqqa nisbatan turli etatistik, avtoritar, despotik, diktatorlik, totalitar huquqqa yondashuvlarga xos. Legizm - huquqni davlat amri, majburiy qoidalar deb tushunishdir. Legizm huquqni avtoritar tushunishning normativ ifodasidir (Gobbs va b.) Ular huquq va qonunni tenglashtiradilar, o'z e'tiborini amaldagi (pozitiv) huquqqa qaratadilar. Legistlar huquqning mohiyati, g'oyasi, qiymati kabi tushuncha-larni xom xayol, quruq gap deb inkor qiladilar. Tabiiy huquq nazariyasi ularning eng achchiq tanqidi doimiy obyekti hisoblanadi. Huquqni tushunishning yuridik tipi uchun, aksincha, huquq va qonun (pozitiv huquq) ni farqlashning u yoki bu varianti xarakterli hisoblanadi. Bunda huquq deganda qonun o'rnatuvchi (davlat) hokimiyatining xohish-irodasiga bog'liq bo'lmagan obyektiv hodisa tushunilib, bu hodisa boshqa ijtimoiy hodisalardan o'zining obyektiv tabiati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.98 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.98 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga