HUQUQSHUNOSLAR GURUHI VA JAMOASIDA ishni to'g'ri tashkil etish usullari 1. Ishchi guruh va jamoa tushunchalari. Jamoa ishining afzalliklari va uning omillari. 2. Huquqshunoslar jamoasi faoliyati muvaffaqiyatining asosiy omillari. 3. Jamoa ishini tashkil etishda liderning roli. 4. Rahbar va lider tushunchalari o'rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar. Mavzuning asosiy masalalari: JAMOANING ISHCHI GURUHDAN FARQI nimada? Agar sen kema qurmoqchi bo'lsang, odamlarni yog'och yig'ishga undama, ishlarni taqsimlama, buyruq berma. Ularda keng va cheksiz dengizni ko'rish orzusini rivojlantir. Antuan-de Sent Ekzyuperi Kichkina shahzoda Guruh a'zolari o'rtasida bir-birini o'zaro yaxshi tushunmaslik; Birgalikdagi ishlarda rasmiy vazifalarga egalik; Ish natijasiga har bir a'zoning individual tarzda, ish qismlarini alohida-alohida bajarishi orqali erishiluvi; Individual natijagagina javobgarlik; O'z ish qisminigina bajarish istagi; Rahbar tomonidan qabul qilingan topshiriq va qarorlarni bajarish amaliyoti. Mustahkam kommunikativ aloqaning mavjudligi; Hamkorlik formal bo'lmagan aloqalar, ko'pincha do'stlik bilan qo'llab-quvvatlanadi; Ishning yakuniy natijasi bo'yicha umumiy xulosaga kelish, funksional topshiriqlarni birgalikda bajarish; Umumiy natija uchun birdek mas'uliyat, javobgarlik; Kollektivlik hissi; Umumiy qaror qabul qilish amaliyoti. JAMOANING ISHCHI GURUHDAN FARQI nimada? Jamoa ishini tashkil etishda liderning roli Jamoa lideri - bu jamoa a'zosi bo'lib, liderlikning qo'shimcha sifatlari va majburiyatlariga ega shaxs hisoblanadi Liderlik so'zi inglizcha leader - yetakchi, birinchi va oldinda yuruvchi degan ma'nolarni anglatadi Kelajakni ko'ra oladigan, o'z oldiga aniq maqsad qo'yib, maqsadi sari doimiy harakatda, izlanishda bo'lgan inson lider bo'la oladi. Bunday insonda ko'nikuvchanlik hamda psixologik chidam bo'lishi talab etiladi Liderning asosiy vazifasi - guruhning maqsadga erishish yo'lidagi faoliyatini nazorat qilish va to'g'ri tashkillashtirib borish Jamoa liderining sifatlari O'z maqsadini anglab, harakat qilishi; O'z-o'zini nazorat qilish va intuitsiyasiga quloq solishi; O'zini adekvat baholay olish; Tavakkalchilik va tezkorlik; Halollik va ishonchlilik; Motivatsion faollik va adekvat tashabbuskorlik; Faol hayot kechirish; Odamlarni jamoaga jamlay olishi; tashkilotchilik va jamoani rag'batlantira olishi; Jamoa a'zolariga yordam berish va qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lish. Jamoani muntazam takomillashtirgan holda boshqarish; Sifatni takomillashtirish metodikasini o'rganish va qo'llash; Agar jamoa o'sishda bo'lsa, bu haqda hammani xabardor qilib, a'zolarda motivatsiya uyg'otish; Turli ta'lim, tarbiya, tajriba, qadriyatlar va e'tiqodga ega insonlarning birgalikda harakat qilishlarini ta'minlash; O'z tajriba va bilimlarini boshqa a'zolar bilan bo'lishish. Jamoa liderining asosiy funksiyalari Topshiriq: Sizga muhim vazifani bajarish uchun jamoa shakllantirish vazifasi yuklatilgan (qanday topshiriq ekanligini hali bilmaysiz). Jamoaga 5 ta insonni tanlab olishingiz kerak. Savol: Qanday sifatlarga ega insonlarni tanlab olasiz? -- Kim xohlasa, bu savolga ham javob berishi mumkin (bu savol ixtiyoriy): Guruhingizdan kimlarni tanlab olasiz va nima uchun? Boshqaruv uslublariga ko'ra: Avtoritar lider Bunday lider doimo o'z irodasiga ko'pchilikni bo'ysundira oladi. Barcha mas'uliyatli qarorlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.87 MB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.87 MB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx