Ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi va davlatning paydo bo'lishi Reja: 1. Davlatning kelib chiqishi va mohiyati. 2. Davlatning belgilari, tiplari, funksiyalari. 3. Davlatning belgilari, tiplari, funksiyalari. 4. huquqning paydo bo'lishi va mohiyati. Urug-kabila shakli, urugchilik tizimining emirilishi, mehnat taqsimoti, urugchilik demokratiyasi, harbiy demokratiya, sinflar o'rtasidagi ziddiyat, sunxiy sugorish ishlarini tashkillash, boskinchilarga qarshi kurash zarurati. Davlatning mohiyatini, uning vazifasi va o'rnini belgilash muammosi kishilarning juda kuplab avlodlarini to'lqinlantirib keldi. Bugungi kunda xam jamiyatshunoslar va siyosatshunoslar davlatning paydo bo'lishiga nima sabab buldi? U kachon paydo buldi? Uning ahamiyati nimalardan iborat? Degan savollar ustida bosh kotirishda davom etmokdalar. Fan davlatdan oldin ibtidoiy jamoa tuzumi bo'lganligini tasdiklovchi, jahondagi barcha xalqlar uni bosib utganliklarini isbotlovchi kuplab maxlumotlarga egadir. mehnat qilish umumiy bo'lgan, hayot taxminoti vositalari teng taksimlangan urugchilik tuzumi insonning yashashi va rivojlanishi kafolatlaydigan jamiyat tuzilishining birdan-bir shakli edi. Rivojlanishning bu bosqichida karindoshlik munosabatlari, bir avloddan kelib chiqishdagi umumiylik ayni bir vaqtda xo'jalik-iqtisodiy munosabatlar xam edi. Inson individ sifatida butunlay urugga bog'liq edi. Fakat birgalikdagi saxy-harakatlar, jipslashish insonning yashashiga yordam berardi, yashash manbai esa tabiat nexmatlari edi. Shu sababli ishlab chiqarishning bu tipi uzlashtiruvchi iqtisodiyot deb ataladi. Urugchilik tuzumi kupchilik xalqlarda ikki bosqichni bosib utgan: matriarxat yoki onalik urugchilik tuzumi va patriarxat-otalik urugchilik tuzumi. Matriarxat urugchilik tuzumining boshlang'ich bosqichi uchun xos edi. Urugchilik tuzumining boshlang'ich bosqichida ibtidoiy jamoa jamiyatida ayollarning xukmronlik mavkei usha paytdagi hayot sharoitlaridan, ijtimoiy ishlab chiqarishning o'ziga xosligidan kelib chikar edi. Ibtidoiy dehqonchilik, uy xo'jaligi yashashning asosiy manbai edi. Ular tabiiy mehnat taqsimotiga ko'ra ayolning chekiga tushgan edi. Jamiyatdagi erkaklar esa ov va balikchilik bilan shugullanardi, lekin bu ishlarning xar ikkalasi xam tasodifiylik bilan bog'liq bo'lib yashashning manbai bulsa olmas edi Modomiki, erkaklar mehnati ikkinchi darajali, ayollar mehnati asosiy urinda turar ekan, ularning mavkelari xam shunga yarasha edi. Birok keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik, metall eritish, mehnat qurollari va qurol-yarog tayyorlash ijtimoiy ishlab chiqarishda xal qiluvchi rolg uynay boshladi. Bu ishlar bilan esa asosan erkaklar shugullanar edilar. Tabiiyki, ularning o'rni boshqacha bula boshladi va bu o'z navbatida ularning jamiyatdagi mavkei o'zgarishiga olib keldi. Jamiyat tashkil topishining rivojlangan urugchilik shakli uchun ibtidoiy demokratiya deb ataluvchi demokratiya xos edi. Odatda, urugning barcha axzolari tomonidan saylanadigan oksokol urugchilik jamoasini boshqarar edi. Urush harakatlari vaqtida esa lashkarboshi saylanar edi. Unga hokimiyat fakat harbiy harakatlar vaqtidagina tegishli bulardi. Oksokollar va lashkarboshilar urugning boshqa axzolari bilan bab-baravar mehnat qilishardi hamda istalgan vaqtda uzgartirishlari mumkin edi. Garchi oksokollar va lashkarboshilar hokimiyati majburiy ko'rinishga ega bulsa xam (istalgan insoniyat jamiyatida bunday xolni ko'rish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.55 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.55 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc