Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazorati Reja: Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatining yuragi tergov faoliyatini tashkil etish hisoblanadi. Prokuror jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qonunlar ijrosini ta'minlashi ustidan prokuror nazorati Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazorati Qonunchilikka muvofiq jinoyat ishi, ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rishda oxirgi hal qiluvchi qaror sud tomonidan amalga oshirilsa ham, lekin mana shu ishlar yuzasidan adolatli hukm chiqarishda surishtiruv va dastlabki tergov organlari muhim o'rin tutadi. Ichki ishlar organlari esa, ham surishtiruv ham tergov organi hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash, tezkor- qidiruv faoliyatini amalga oshirish, surishtiruv o'tkazish, dastlabki tergovda qonunlarning aniq bajarilishi ustidan prokuror nazoratini ta'minlash jarayonida prokuraturaning huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorligi natijasida jinoyatchilik ildiziga bolta uriladi va jamiyatda fuqaro va insonlarning tinch-xotirjam yashab, ishlashlari uchun zamin yaratiladi, jinoyatchilik dinamikasida barqarorlik vujudga keladi. Qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari va erkinlarini himoya qilish ishlarini tashkil etish, jinoyatchilikning og'ir va o'ta og'ir turlariga qarshi kurash, ayniqsa, uning uyushgan shakliga nisbatan murosasiz kurash uchun prokuror tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini samarali bajarish uchun jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar tomonidan qonunlarning aniq va bir hilda ijro etilishini ta'minlash, bu borada prokuror nazoratini susaytirmaslik juda muhimdir. Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergov oldi tekshiruvi o'tkazish, jinoyat ishlari qo'zg'atish va tergov qilish bilan bog'liq ko'rsatmalari surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir. Jinoyatlar to'g'risidagi arizalar va xabarlarni ko'rib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshirish maqsadi Respublikamizda yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yuzaga kelganligi sababli huquqiy demokratik davlatni shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish bilan chambarchas bog'liqdir. Aynan shu holat prokuratura organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash hamda qonuniylikni ta'minlash borasidagi faoliyatiga tubdan yangicha yondashish lozimligini hayotiy zarurat sifatida keltirib chiqarmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunini 28-moddasida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning vakolatlari belgilangan bo'lib, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va habarlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish hamda hal etish to'g'risidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi, jinoyat ishlarini qo'zg'atadi yoki ularni qo'zg'atadi yoki ularni qo'zg'atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.22 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.22 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc