Ichki ishlar organlari tizimida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishning huquqiy asoslari

Ichki ishlar organlari tizimida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishning huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ichki ishlar organlari tizimida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishning huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ichki ishlar organlari tizimida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishning huquqiy asoslari Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining prinsiplari Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish - davr talabi Ichki ishlar organlari tizimida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishning huquqiy asoslari Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishdir. Ushbu islohotlar zamirida, eng avvalo, inson huquqlari va manfaatlari yotadi. Konstitutsiyamizda belgilab berilgan normalar asosida mamlakatimizda inson, uning huquq va erkinliklari, qadr-qimmati eng oliy qadriyat darajasiga ko'tarildi. Ushbu oliy qadriyat nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro huquq normalari bilan ham keng himoya qilinmoqda. Bosh qomusimiz qabul qilinganligi tantanasida davlatimiz rahbari tomonidan alohida etirof etilganidek, o'tgan yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar fuqarolarimizning huquqiy ongi, siyosiy va huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotganida namoyon bo'lmoqda. O'z navbatida, fuqarolarimiz ongu tafakkurida yuz berayotgan ushbu o'zgarishlar, hayotimizda ro'y berayotgan yangilanishlar milliy qonunchiligimizni zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirib borishni taqozo etyapti. 2014 yilning 4 dekabrida kuchga kirgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni ham zamon talabi, mahsulidir. Yangi qonunning maqsadi fuqarolarning davlat organlariga murojaat etish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqni to'ldirishdan iborat. 5 bob, 31 moddadan iborat ushbu qonunda bir qator yangiliklar bo'lib, ular quyidagilarda aks etadi: Birinchidan, tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlarini ta'minlash, jumladan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo'shliq to'ldirildi. Ikkinchidan, mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan bog'liq ravishda keng tarqalayotgan «elektron murojaat» turining huquqiy mustahkamlanishi ta'minlandi. Uchinchidan, davlat organlari, mansabdor shaxslarning murojaatlarni ko'rib chiqish va hal etishdagi mas'uliyati oshirildi. To'rtinchidan, qonunda amaliyotda duch kelinayotgan takroriy murojaat, murojaatning dublikati, qo'shimcha murojaatlar masalalariga aniqlik kiritilib, ta'rif berildi va ularni ko'rib chiqishning tartibi takomillashtirildi. Bu davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan murojaatlarni ko'rib chiqishda huquqni qo'llashning yagona amaliyotini joriy qilish imkonini beradi. Shuningdek, qonunda murojaatlarning shakli, turi, ularga qo'yiladigan talablar belgilandi, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaat etish huquqlarining kafolatlari mustahkamlandi. Murojaatlarni berish, ularni ko'rib chiqish tartibi, muddatlari, murojaatlarni ko'rmay qoldirish asoslari, murojaatlarni ko'rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslar majburiyatlari, moddiy zararning o'rnini qoplash, ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish, murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka oid qoidalar ham ushbu yangi qonunda o'z ifodasini topdi. Jismoniy va yuridik shaxslarning hokimiyat organlariga murojaatlari instituti ham milliy, ham xalqaro huquqni muhofaza qilish darajasida tartibga solingan mustaqil kompleks huquqiy institut ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.09 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.09 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga