Ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqini ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari Reja: Ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqini ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqining ta'minlash Ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqini ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekistonda istiqlol yillarida jismoniy va yuridik shaxslarning Konstitutsiyada belgilangan murojaat qilish huquqini to'liq ta'minlaydigan milliy tizim bosqichma-bosqich shakllanib va takomillashib bormoqda. Bugungi kunda ushbu tizim o'zining ma'naviy, nazariy, institutsional va huquqiy asoslariga ega hamda ularni takomillashtirish borasida izchil tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ushbu tizimning samarali ishlashini tartibga soladigan hamda har tomonlama demokratik talab va standartlarga to'la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilganligi yuqorida ma'ruzalarda alohida etirof etildi. Ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqini ta'minlash jamiyatda: birinchidan, murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash; ikkinchidan, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash; uchinchidan, axborot va jamiyat xavfsizligini ta'minlash jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiluvchi qonun hujjatlarining talablariga bevosita rioya etishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, ichki ishlar organlariga jamiyatda huquqbuzarliklar profilaktikasini, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, jinoyatchilikka qarshi kurashni ta'minlash majburiyati yuklatilganligi, shuningdek, mazkur majburiyatlarni bajarishda inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini hamda davlat va jamiyat xavfsizligini ta'minlashi shartligi, ushbu faoliyatning murakkab va uzluksiz jarayonligi o'ziga xos yondashuv va etiborni talab qiladi. Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqining ta'minlashni uning sohaviy xizmatlariga yuklatilgan vazifalar, ularning funksional majburiyatlari hamda ularga berilgan vakolatlardan, shuningdek, murojaatlarning mazmunidan kelib chiqqan holda shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarga ajratish mumkin: huquqbuzarliklar profilaktikasini, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ta'minlashda; tezkor-qidiruv, surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirishni ta'minlashda; ma'muriy va jinoiy ja'zolarning ijrosini ta'minlashda; fuqarolikni rasmiylashtirish, pasport-viza tizimi qoidalariga rioya qilishni ta'minlashda; yo'l harakati va yong'in xavfsizligini hamda mulkni qo'riqlashni ta'minlashda; ichki ishlar organlariga xizmatga va IIV ta'lim muassasa-lariga o'qishga qabul qilishni amalga oshirishda; ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari va hududiy tarki-biy tuzilmalari faoliyati bo'yicha axborotlar bilan ta'minlashda. Masalan, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi qonuni normalari talablaridan kelib chiqqan holda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning murojaat qilish huquqlarini ta'minlaydilar. Xususan, huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari o'zlariga berilgan vakolat doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.45 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.45 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc