Ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqishdagi muomala madaniyati Reja: Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqishda yuzaga keladigan nizoli holatlar va ularni bartaraf etishning psixologik jihatlari Fuqarolarning murojaatlari inson huquqlarini ta'minlashning asosi Muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan va voyaga yetmagan shaxslarning murojaatlari to'g'risida Ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqishdagi muomala madaniyati Ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar, korxona, muassasa, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy jamoa birlashmalarining rahbarlari va boshliqlari bilan muomala qilish qoidalari O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Prezidenti, Hukumati, Ichki ishlar vazirligi qabul qilgan qonun, farmon, nizom va buyruqlarda belgilab qo'yilgan bo'lib, ularni og'ishmay bajarish har bir xodimning burchidir. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 4 iyuldagi 96-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati haqidagi qo'llanma»sida shunday deyiladi: «Xodimlar xizmat jarayonida va xizmatdan tashqari paytda so'zlashish odobiga, muomala madaniyatiga alohida etibor qaratishlari lozim. Har bir so'zni o'z o'rnida qo'llash, fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lish insonning mavqeini yuksaltiradi, uning jamoadagi va jamiyatdagi o'rni hamda obro'yini belgilab beradi. Har bir xodim fuqarolar bilan samimiy munosabatda bo'lishi, ularning murojaatini diqqat bilan eshitishi, vakolati doirasida ko'rib chiqishi va masalasini hal qilishga intilishi zarur. Fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning qonunga zidligini tushuntiradi hamda qonunda belgilangan chorani qo'llash masalasini hal etadi», deyilgan. Ayni vaqtda, ichki ishlar organi xodimi fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo'lishga, ularning ish bilan bog'liq chigal savollariga va boshqa holatlar bo'yicha murojaatlariga to'g'ri va aniq javob berishga, arz va shikoyatlarini imkoni boricha qonuniy hal qilishga intilishi lozim. Ichki ishlar organlarining xodimlari fuqarolar bilan bo'ladigan muloqotlarida xushmuomala bo'lishlari kerak. Xushmuomalalik ichki madaniyatning tashqi ko'rinishidir. Uning asosini insoniylik tashkil etadi. Fuqarolar bilan bo'ladigan muomala quyidagi xulqatvor qoidalarini qamrab oladi: odamlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo'lish; insonga xayrixohlik, etiborlilik; muhtojlarga o'z vaqtida yordam berish, ularning hojatini chiqarish; iltifot bilan joy ko'rsatish, joy berish, oldinga o'tkazib yuborish, yordamlashish; odamlarni o'zining xatti-harakatlari bilan noqulay ahvolga solib qo'ymaslik, agar shunday holat yuz bersa, tezlikda kechirim so'rash va o'z xatti-harakatini tuzatish; keksalarga, bolalarga va ayollarga alohida iltifot ko'rsatish va hoka'zolar. Xodim ushbu talablarga o'zining butun faoliyati davomida amal qilishi kerak. Ichki ishlar organlarining xodimlari fuqarolar bilan bo'ladigan muloqotlarida albatta ziyrak, hushyor, mehribon bo'lishlari lozim. Ziyraklik fuqarolarning orzu-umidlarini, istak-xohishlarini, dilidagi gaplarini tezlikda fahmlab olish va shunga javoban axloq qoidalari talabi asosida xatti-harakatlar qilishdir. Ziyraklikning asosini sezgirlik va hushyorlik tashkil etadi. Ziyraklik fuqarolar dilidagini ilg'ab olish, ularning qalbidan joy olishga xizmat qiladigan sirli kalitdir. Fuqarolarga ziyraklik, yani sezgirlik bilan yaxshi muomala qilish, ularning dardiga quloq solish, savollariga shirinsuxanlik bilan javob qaytarish, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.68 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.68 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc