Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda inson huquqlarini himoya qilish Reja: Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda inson huquqlarini himoya qilishning asosiy yo'nalishlari Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismi «102» xizmatining jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash faoliyati Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda inson huquqlarini himoya qilishning asosiy yo'nalishlari Malumki, mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat huquqini ta'minlash, ularning ariza, taklif va shikoyatlarini o'z vaqtida, to'liq va xolisona ko'rib chiqish, natijasi bo'yicha adolatli qarorlarni qabul qilish hamda murojaat etgan shaxsga qonunga asoslangan javoblarni berish - inson huquq va erkinliklarini, shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilishda muhim omil sanaladi. Murojaatlarni tahlil qilish jarayonida fuqarolarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi ijtimoiy fikri va ommaviy kayfiyati, davlat organlarining o'z vakolatlarini qay darajada ro'yobga chiqarayotgani va qonunlarning ijrosi jarayonidagi haqiqiy holat, ijobiy va salbiy omillar aniqlanadi. Aynan ana shu omillar davlat idoralarining kelgusidagi ishlarni rejalashtirish va strategik yo'nalishlarni belgilab olish uchun muhim asos vazifasini bajaradi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek, «har qaysi murojaatning ortida tirik jon turibdi, ularda kimningdir arz-dodi, kerak bo'lsa, dardi, ayrim amaldorlar tomonidan yo'l qo'yilgan adolatsizlik turganini hech qachon unutmaslik lozim. Bu masalalar bo'yicha biz qancha loqayd va betaraf bo'lib yursak, odamlarning noroziligi shuncha ko'payadi. Takror aytaman, yuzaga kelgan biron-bir muammo o'z-o'zidan hal bo'ladi degan kayfiyat bilan yurish juda katta xato bo'ladi. Agarki har qaysi rahbar, yetakchi o'zi duch kelgan muammoni bugun echmasa, ertaga kech bo'ladi. Rahbarning asosiy burchi va vazifasi ham aynan ana shundan iborat». Darhaqiqat, fuqarolarning ariza va shikoyatlari hal etilsa, aholining amaldagi qonunlarga, murojaatlarni ko'rib chiqqan davlat idorasiga bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlanadi. Mustaqillikning o'tgan davri mobaynida mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari masalasiga davlat siyosatining eng muhim yo'nalishi sifatida alohida etibor qaratilib, sohaga oid qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, bu borada tegishli tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid konstitutsiyaviy normalar va xalqaro-huquqiy standartlarni amaliyotga samarali tatbiq etish ishlari takomillashtirilmoqda. Xususan, bu borada «Fuqarolarni murojaatlari to'g'risida»gi qonun o'rniga 2014 yil 3 dekabrda yangi tahrirdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Avvalgi qonundan farqli o'laroq, murojaatlar shakliga elektron shakl ham kiritildi. Endilikda murojaatlar og'zaki, yozma va elektron shaklda bo'lishi mumkin. Shu o'rinda takidlab o'tish kerakki, kelib tushayotgan har bir elektron murojaatga alohida etibor qaratish lozim, chunki bunday turdagi murojaatlar, ularni yozgan shaxslar tomonidan onlayn tartibida qachon kelib tushganligi va qayd qilinganligi nazorat qilib borilishi mumkin. Mazkur qonun ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc