Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash Reja: Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish tartibi Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish bosqichlari va tartibi Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida qayd etilishicha, «O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». Shuning uchun ham istiqlolning dastlabki kunlaridanoq inson huquq va erkinliklarini, shu jumladan uning murojaat qilish huquqini ta'minlash davlat organlari va mansabdor shaxslarning asosiy vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, ushbu normada ariza, taklif va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shartligi ham ko'rsatilgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida «har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish kafolatlanganligi» belgilab qo'yilganligi hozirgi kunda Respublikaning eng olis va chekka qishloq hamda ovullarida ham fuqarolarning murojaat qilish huquqini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda. Ichki ishlar organlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunning 8-moddasida hama Ichki ishlar vazirligining 2015 yil 5 maydagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi buyrug'ining 72-bandida, shuningdek, 2015 yil 29 maydagi «Ichki ishlar organlarida «Ishonch telefonlari» orqali murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug'ining 3-bandida belgilab qo'yilgan. Ichki ishlar organlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish Ichki ishlar vazirligi, Qoraqolpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIBlari, Transport IIB, tuman, shahar IIBlari va militsiya tayanch punktlarida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kuni va soatlari qabul qaysi ichki ishlar organida amalga oshirilayotgan bo'lsa, shu organning rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan amalga oshiriladi. Shuningdek, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish ichki ishlar organi rahbari yoki uning topshirig'iga muvofiq boshqa vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, rahbar xizmat safarida, mehnat tatilida yoxud kasalligi uchun davolanayotganida, uning o'rniga u tomonidan tayinlangan boshliq o'rinbosarlaridan biri qabulni amalga oshiradi. Ichki ishlar organi rahbari yoki qabul qilishi belgilangan boshqa mansabdor shaxslarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.23 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.23 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc