Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish

Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish

O'quvchilarga / Huquq
Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish - rasmi

Material tavsifi

Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish Reja: Militsiya tayanch punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va qayd etishning o'ziga xos jihatlari Militsiya tayanch punkti profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyat bilan bog'liq xabarlarni qabul qilish va qayd etish Militsiya tayanch punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va qayd etishning o'ziga xos jihatlari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari - xoh u jinoyat va ma'muriy huquqbuzarliklarga oid, xoh boshqa mazmunda bo'lsin - o'rnatilgan tartibda ularni ko'rib chiqish hamda qonuniy hal etish ichki ishlar organlari, shu jumladan uning eng quyi bo'g'ini bo'lgan militsiya tayanch punktlarining asosiy vazifalaridan biridir. Ichki ishlar organlariga qilingan har qanday murojaat ortida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash yoki davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini ta'minlash bilan bog'liq ustuvor masalalar yotadi. Respublikamizning barcha mahallalari, qishloq va ovullarida militsiya tayanch punktlari faoliyatining yo'lga qo'yilganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga ularning murojaat qilish huquqini ta'minlashda engillik va qulaylik yaratildi. Hozirgi kunda Respublikamizda faoliyati yo'lga qo'yilgan 3758 ta militsiya tayanch punkti mahallalar, shaharchalar, qishloq va ovullarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, aholiga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatishi bilan bir vaqtda, shaxslarga o'z huquqlarini himoya qilish masalasida, shu jumladan jinoyat va ma'muriy huquqbuzarlik bilan bog'liq xabarlari yuzasidan hududiy profilaktika inspektorlariga zudlik bilan murojaat qilish imkonini bermoqda. Ichki ishlar organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan bo'ladigan har qanday mazmundagi murojaatni mazmuni va ko'rib chiqish tartibiga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin: Ko'rib chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonuni bilan belgilangan (umumiy tarzdagi) murojaatlar. Ko'rib chiqish tartibi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo'jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlar. Bu ikki turdagi murojaatlar mazmuniga ko'ra nafaqat ularni ko'rib chiqish, balki qabul qilish, ro'yxatga olish va ko'rib chiqish uchun yuborish tartibi bilan ham bir-biridan farq qiladi. O'zbekiston Respublikasi IIVning 2015 yil 15 maydagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish to'g'risida»gi 72-sonli buyrug'ida ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi vazifalari belgilab berilgan bo'lib, unga ko'ra ichki ishlar organlari, xususan militsiya tayanch punktlari subyektlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va qayd etish borasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og'zaki va elektron murojaatlarini ko'rib chiqilishi uchun zarur shart-sharoitlar va qulayliklarni yaratish; birinchi va masul rahbarlar tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini (belgilangan kun va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga