Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishini nazorat qilish Reja: Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishni o'ziga xos xususiyatlari Axloqiy va huquqiy madaniyat uyg'unligi - fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosi Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishini nazorat qilish va tahlil etishning ahamiyati O'zbekiston davlat mustaqilligi va davlat suverenitetiga erishgandan so'ng adolatli fuqarolik jamiyati hamda demokratik huquqiy davlat qurish yo'liga kirdi. Shu bilan birga, avvalgi totalitar o'tmishga xos zo'ravonlik va adolatsizlikka barham berish, insoniy huquqiy qadriyatlar, shaxs huquq va erkinliklariga rioya etishga nisbatan qatiyatlik izhor etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida quyidagi fikrlarni aytib o'tgan edi: «Biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo'li xalqimiz ko'zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat bo'lgan, qonun ustuvorligini ta'minlaydigan jamiyat barpo etishga qaratilgan». Bugungi kunda mamlakatimiz sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimiz fuqarolarining huquq va erkinliklari har tomonlama kafolatlanib borayotganini ko'rishimiz mumkin. Buning yaqqol misoli Respublika oliy organi tomonidan 2014 yil 4 dekabrda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonun qabul qilinganligida o'z ifodasini topdi. Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida kelib tushgan murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qilib boradi. Ichki ishlar organiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar kotibiyatdan ro'yxatdan o'tgach, organ rahbari belgilagan masul xodimlar tomonidan ko'rib chiqilishini nazorat qilish, uning monitoringini olib borish tuman, shahar ichki ishlar bo'limlarida kotibiyat xodimlari tomonidan, viloyat IIBlari, Transport IIB, Toshkent shahar IIBB, Qoraqolpog'iston Respublikasi IIV va O'zbekiston Respublikasi IIVda murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bo'lim va bo'linmalar tomonidan olib boriladi. Murojaatni ko'rib chiqish to'g'risidagi rezolyutsiya (topshiriqnoma) murojaatning birinchi beti matndan bo'sh bo'lgan joyga yoziladi. Agar hujjatning yuza qismiga rezolyutsiya (topshiriqnoma)ni yozish uchun joy etarli bo'lmasa, u maxsus varaqlarga yozilishi mumkin. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) yozilgan varaq, murojaat bilan birga saqlanadi va hujjatning barcha nusxalarida aks ettiriladi. Murojaatni ko'rib chiqish to'g'risidagi rezolyutsiya (topshiriqnoma) munosabat belgisi shaklida beriladi. Munosabat belgisi tarkibiga quyidagi majburiy elementlar kiritiladi: ijrochi (ijrochilar)ni ko'rsatish, vazifaning mazmuni, bajarish muddati, mansabdor shaxsning shaxsiy imzosi, sana. Rezolyutsiya (topshiriqnoma)ni murojaat matni ustidan yozish taqiqlanadi. Hujjatni ko'rib chiqish muddatining aniq belgilanishi ijrochiga mas'uliyat yuklaydi va murojaatlar bilan ishlash bo'yicha bo'linma xodimlari tomonidan hujjatning to'liq, xolis va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi IIVdan olingan statistik ma'lumotlarga ko'ra, ichki ishlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.5 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.5 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc