Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati Reja: Ichki ishlar organlarida rejalashtirish va ijroni tashkil etish. Ichki ishlar organlari tizimida ishlab chiqiladigan barcha rejalarni boshqarishning barcha darajalari Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid asosiy vazifalari quyidagilardir: Fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; Jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, ularni bartaraf etish va ochish choralarini ko'rish, ichki ishlar organlari vakolatiga kiritilgan jinoyat ishlarini tergov qilish; Davlat mulki, xususiy mulk va boshqa shakllardagi mulklarni muhofaza qilishni tashkil etish; Jamoat tartibining muhofaza qilinishini, ijtimoiy xavfsizlik, yo'llarda harakatlanish xavfsizligi va yong'in xavfsizligini ta'minlash; O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan doiralarda fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jmoat birlashmalariga ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko'rsatish; Ichki ishlar organlarining vakolatiga kiritilgan ma'muriy ja'zolarning ijrosini ta'minlash; Ichki ishlar organlariga bo'ysunuvchi idoralarga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi, faoliyatini uyushtirishi va takomillashtirishi borasida rahbarlik qilish; Ichki ishlar organlariga bo'ysunuvchi idoralar faoliyatining qonununiyligini ta'minlash choralarini ko'rish; Ichki ishlar organlari, bo'linmalari va muassasalari kadrlarini tanlash, o'qitish, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash borasidagi ishlarni tashkil qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdir. Ichki ishlar organlarining yana bir o'ta muhim bo'lgan huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatidagi huquqni muhofaza qilish funksiyasidan kelib chiqqan vazifalaridan biri bu surishtiruv va tergov harakatlarini olib borish faoliyatidir. Surishtiruv: 1) jinoyatning oldini olish eki unga yo'l qo'ymaslik; 2) dalillarni to'plash va saqlash; 3) jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni hamda ayblanuvchilarni qidirib topish; 4) jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zien qoplanishini ta'minlash uchun kechiktirib bo'lmaydigan tergov harakatlarini yuritishdan iborat. Surishtiruv organlari zimmasiga jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so'ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalarini qo'llagan holda zarur choralarni ko'rish yuklatiladi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 344-moddasi Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslarni belgilagan. Unga ko'ra, dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin. Jinoyat kodeksining 104-11Z, 120, 122, 12Z, 127, 130-135, 137-140, 164-166, 168-174, 176-181, 184, 185, 185-1, 188-192, 21Z, 214, 22, 224, 226-229, 24Z, 247-250, 259-26Z, 266-278-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan barcha jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. (26.05.200 yil 82-II-sonli XVII bo'limi, 15.12.200 y 175-II-sonli 10-bo'limi 30.08.2002 y 405-II-sondagi IV-bo'limiga asosan raqamlar bekor qilindi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.82 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.82 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:18 ]
Arxiv ichida: doc