Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikning oldini olishdagi faoliyat yo'nalishlari Reja: Jinoyatlarning oldini olishda ichki ishlar organlarining tutgan o'rni Ichki ishlar organlarida jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari Jinoyatchilikning oldini olishni axborotlashtirish Jinoyatlarning oldini olishni tashkil etish prinsiplari Ichki ishlar organlarida profilaktika ishlarini tashkil etishning taktik asoslari Jinoyatlarning oldini olishda ichki ishlar organlarining tutgan o'rni Jinoyatchilikning oldini olish va shu orqali jamoat tartibi hamda jamiyat xavfsizligini ta'minlash har bir davlatning ijtimoiy siyosatida muhim o'rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, davlatdagi mavjud barcha huquqni muhofaza qilish va huquq-tartibot organlarining har biri ma'lum bir mas'uliyatli vazifani bajaradilar. Eng muhimi, har bir mas'ul organning bajarayotgan vazifasi umumiy maqsad sari yo'naltirilgan bo'ladi. Qolaversa, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdek umumiy maqsadga erishish uchun davlatning har bir organi va jamoatchilik o'zaro hamkorlikda ish yuritadilar. Bunda davlat o'ziga xos ravishda organlar faoliyatini muvofiq- lashtirish vazifasini amalga oshiradi. Jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlari ham aniq va mas'uliyatli vazifalarni bajarishi bilan ajralib turadi. Ular jinoyatchilikning oldini olishda o'ziga xos subyekt sifatida turli yo'nalishlarda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Ta'kidlash joizki, ichki ishlar organlari jinoyatchilikning oldini olishda boshqa huquq-tartibot idoralari qatori asosan maxsus profilaktika ishlarini tashkil etadilar va olib boradilar. Bu esa kriminogen holatlarni o'z vaqtida aniqlash, ushbu kriminogen holatlarni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni hisobga olish hamda ularni bartaraf qilish borasidagi ishlarni yo'lga qo'yish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish kabilarda namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, muntazam ravishda jinoyatchilikka oid axborotlarni jamlash, tahlil qilish va hokimiyat organlari hamda jamoatchilikni bu haqda xabardor etish ham ichki ishlar organlarining vazifasiga kiradi. Ichki ishlar organlari, aytib o'tilganidek, davlatning huquqni muhofaza qilish organlari bilan o'zaro hamkorlikda o'z tarkibiga kiruvchi turli xizmat sohalari, bo'lim va boshqarmalar bilan hamjihatlikda vakolatlari doirasiga kiruvchi boshqa vazifalarni ham bajaradilar. Ichki ishlar organlarining profilaktika faoliyati keng ma'nodagi umumiy tushuncha bo'lib, ular amalga oshiradigan barcha chora-tadbirlar birinchi galda jinoyat sodir bo'lmasligini ta'minlashga qaratilgan. Sodir etilgan jinoyatlarni o'z vaqtida ochish va aybdorlarni tegishli jazoga tortilishini ta'minlash hamda jazoning muqarrarligi sifatida profilaktika ishlarini olib borish ushbu faoliyat yo'nalishini belgilab beradi. Shuning uchun ham jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlarining faoliyatini umumiy tushuncha deb bilgan holda, tor ma'noda alohida tashkil etilgan profilaktika xizmati, uning tarkibiga kiruvchi bo'lim va bo'linmalarning aniq faoliyat yo'nalishlari, shuningdek, boshqa xizmat sohalarining profilaktika ishlari va, qolaversa, har bir xodim tomonidan mustaqil ravishda profilaktika ishlarini tashkil etilishini ham tushunmoq darkor. Zero, profilaktika ishlarini olib borishda ichki ishlar organlarining mas'uliyati yuqoridir. Ichki ishlar organlarida jinoyatchilikning oldini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.15 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.15 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: doc