Ichki ishlar organlarning huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish Reja: Ichki ishlar organlar tushunchasi, vazifalari, tizimi va asosiy funksiyalari. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi faoliyatining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish Ichki ishlar organlarning huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari mamlakat hududida ichki tartibni saqlash, aholi tinchligini saqlash, jinoyatlarni oldini olish, jinoyatlarni kelib chiqish shart-sharoitlarini bartaraf qilish, jinoyatlarni aniqlash, qayd qilish, aniqlangan jinoyatlar yuzasidan tergov harakatlarini olib borish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilishi quyidagichadir: -O'zbekiston Respublikasi IIV; -Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV; -Toshkent shahar IIBB; -viloyatlar IIB; -transportdagi IIB; -shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalari bo'limlari; -shahar, tuman ShTIIBga kiruvchi hududiy militsiya bo'linmalari; -ichki ishlar organlari tayanch punktlari kiradi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (markaziy apparati) tuzilmasi elementlari asosiy, taminlovchi va shtab funksiyalarini bajaruvchi bosh boshqarmalar, boshqarma va bo'limlardan iborat bo'lib, ular quyidagilardan tashkil topgan: -jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash; -tergov; -huquqbuzarliklarning oldini olish; -patrul-post xizmatlari va jamoat tartibini saqlash; -yo'l harakati havfsizligi; -yong'in havfsizligi; -ichki fo'shinlar va qorovul qo'shinlari; -jazoni ijro etish bosh boshqarmasi; -xorijga chiqish, kelish va fuqarolik boshqarmasi; -Interpolning O'zbekiston Respublikasidagi Milliy byurosi; -IIVazirligi huzuridagi Qo'riqlash birlashmasi. O'zbekiston Respublikasi IIV markaziy apparati tarkibidagi funksional bo'linmalarga quyidagilar kiradi: -shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati; -huquqiy ta'minot va ommaviy axlorot vositalari bilan aloqa qilish boshqarmasi; -axborot markazi; -moliya-iqtisod boshqarmasi; -ho'jalik boshqarmasi; -aloqa bo'limi; -tibbiyot boshqarmasi; -bug' qozonxonalarini nazorat qilish nazoratchisi; -harbiy va maxsus yuklarni tashish bo'limi; -kapital qurilish va ta'mirlash boshqarmasi va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi IIV ayrim tarkibiy tuzilmalari o'zlariga bo'ysunuvchi, lekin hududiy ichki ishlar organlari tarkibiga kirmaydigan organ, muassasa va bo'linmalarni bevosita boshqaradilar, ularga: -Ichki qo'shinlarning harbiy qismlari va alohida batalonlarini bevosita boshqaradigan Ichki qo'shinlar bosh boshqarmasi; -Qorovul qo'shinlarining harbiy qismlari va alohida batalonlarini bevosita boshqaradigan Qorovul qo'shinlari bosh boshqarmasi; -Temir yo'l va havo transportidagi ichki ishlar boshqarmasi; -Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarini boshqaradigan Ichki ishlar Vazirligining shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatining o'quv yurtlari bo'limi kiradi. Ichki Ishlar organlari idoralari boshqaruvining ikkinchi darajada hududiy ichki ishlar organlarini to'rt guruhga bo'linadi: Birinchi guruhga: Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIBning operativ qidiruv, surishtiruv, tergov faoliyatini olib boruvchi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash ham tergov boshqarmalarini kiritishimiz mumkin. Ikkinchi guruhga: Huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash faoliyatini olib boruvchi huquqbuzarliklarning oldini olish, patrul-post ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.17 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.17 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: doc