Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Reja: Ijro etuvchi hokimiyatning davlat hokimiyatini amalga oshirishda tutgan o'rni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va tuzilish tartibi. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis va davlat hokimiyati boshqa organlari bilan munosabati. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari Vazirlar Mahkamasi chiqaradigan hujjatlar. Ijro etuvchi hokimiyatning davlat hokimiyatini amalga oshirishda tutgan o'rni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo'yilgan. Ijro etuvchi hokimiyat davlat hokimiyatini amalga oshirishning bir shakli bo'lganligi uchun uni tashkil etishning asosiy qoidalari konstitutsiyada belgilangandir. Konstitutsiyaning 91-moddasi 8-bandiga asosan O'zbekiston Prezidentlik Respublikasidir, ya'ni ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishga Prezident boshchilik qiladi. 1991-yilning 29-dekabridagi referendumda O'zbekiston xalqi mamlakatimizning mustaqil rivoji uchun ovoz berdi va tariximizda ilk marotaba bevosita, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo'li bilan Respublika Prezidentini sayladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi prezident hokimiyatini ancha mustahkamladi. Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig'i hisoblanadi hamda barcha davlat hokimiyati organlarining hamkorlikda faoliyat yuritishini ta'minlaydi. Prezident davlatning bosh arbobi, millatning ramzi, fuqarolar xavfsizligining kafolatidir. Konstitutsiyaning 90-moddasiga binoan Respublika prezidenti O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan 7 yil muddatga saylanadi. Asosiy qonunga ko'ra, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bo'lishi mumkin emas. 1991-yilda O'zbekistonda bo'lib o'tgan Respublika prezidentligiga saylov «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi 1991-yil 18-noyabr Qonuniga asosan amalga oshirilgan. Konstitutsiyaga muvofiq Respublika Prezidentini saylashda O'zbekistonning 18 yoshga to'lgan fuqarolari ishtirok etadilar. Fuqarolarning saylov huquqlarini to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita cheklashga yo'l qo'yilmaydi. Saylovda faqat sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar qatnashishi mumkin emas. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita cheklashga yo'l qo'yilmaydi. 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonuni bosilib chiqqandan so'ng Markaziy Saylov Komissiyasi 1991-yil 29-dekabrda O'zbekistonning birinchi Prezidentini saylash yuzasidan katta ishlarni boshlab yubordi. Birinchi navbatda butun O'zbekiston hududida okrug va uchastka saylov komissiyalari tuzildi. «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonunning 24moddasiga muvofiq Respublika Prezidentligiga nomzodlar qonun asosida ro'yxatdan o'tgan Respublika siyosiy partiyalari, O'zbekiston kasaba ittifoqi federatsiyasining s'ezdlarida, anjumanlarida yoki ularning Respublika rahbariy organlari Kengashlarida ko'rsatiladi. Bundan tashqari, Respublika Prezidentligiga nomzodlar tashkilotlar, muassasalar oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining jamoalari, fuqarolarining turar joylaridagi va harbiy xizmatchilarning harbiy qismlardagi majlislarida ko'rsatilishi mumkin. Lekin bu tashkilotlar ularning takliflarini O'zbekistonning 60 ming aholisi qo'llab-quvvatlagan taqdirdagina Prezidentlikka o'z nomzodlarini ko'rsatishlari mumkin. Respublika siyosiy partiyalari va O'zbekiston kasaba uyushmalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
23.64 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
23.64 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx