Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik

Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Ijro hujjatini ijro yetmaganlik uchun javobgarlik Reja: 1.Jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro yetmaganlik uchun javobgarligi. 2.Ijro hujjatini ijro etishga to'sqinlik qilganligi uchun javobgarlik. 3. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro yetmaganlik uchun javobgarligi. Fuqarolarning ijro hujjatini ijro yetmaganlik uchun javobgarligi faqatgina ijro ishi yuritish talablarini buzgandagina kelib chiqadi. Fuqarolarga ijro hujjatini ijro yetmaganlik uchun javobgarlikni qo'llash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarga ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortishga sud ijrochilari hamda sud vakolatli. Ijro ishi yuritish jarayonining boshqa ishtirokchilari ham fuqaroviy huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Masalan, saqlovchi xatlangan mulkni yo'qotganligi yoki unga ziyonetkazganligi sabab javobgarlikka tortiladi. Saklovchi qarzdorning xatlangangan mulkini yashirganligi, boshqa birovga noqonuniy berganligi yoki sotib yuborganligi uchun nafaqat jinoiy, balki moddiy javobgarlikka ham tortiladi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunga muvofiq qarzdor ijro hujjatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro yetmaganda, shuningdek uning ijrosiga to'sqinlik qilgan hollarda qonunda belgilangan tartibdajavobgarlikka tortishga asos bo'ladi. Ijro hujjatini ijro etishga to'sqinlik qilganligi uchun javobgarlik. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash, uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish odil sudlov obro'siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash va uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish bilan bog'liq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Sud hujjatlari ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimida o'zining munosib o'rniga ega bo'lgan yuridik vositalardir. Zotan, sud hujjatlari yordamida huquqiy normalarning amalga oshishi yuz beradi hamda huquqiy tartibga solish tizimida vujudga kelgan nosozliklar bartaraf etiladi. Sud hujjatini ijro etmaslik ko'pchilik holatlarda nafaqat sudning obro'siga daxl qiladi, balki juda katta iqtisodiy zarar yetkazishi ham mumkin. Sud hujjatini ijro etmaslik ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Sud hujjatlari ijrosini ta'minlashda ularni ijro yetmaganlik uchun javobgarlik choralarining belgilanishi ushbu qilmishlar sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Qarzdor ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.41 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.41 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga