Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak Sh.Mirziyoev Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari mahalliy hokimiyat organlarida ijro intizomini mustahkamlash uchun shaxsan javobgar. Nazorat qilinadigan va bajarilishi tekshiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari; - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlari. - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari bayonnomalari; - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari (yozma va og'zaki); - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasining topshiriqlari; - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining topshiriqlari; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari bayonlari; -ro'yxati Ish yuritish bo'yicha yo'riqnomada belgilanadigan boshqa hujjatlar. Hujjatlarning bajarilishini va nazorat qilinishini tashkil etish: hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish, hisobga olish va ularni bajarilishini tizimli nazorat qilish; - ro'yxatdan o'tkazilgan hujjatlarni rahbarlar va masul xodimlar o'rganishi, puxta tahlil qilishi va bilishi; - topshiriqni bajarish bo'yicha aniq chora tadbirlarni, masul ijrochilarni va bajarish muddatlarni belgilash; - topshiriq yuzasidan o'z qarorlarini qabul qilish, ularni hududiy boshqaruv organlariga, joylardagi aniq ijrochilarga tezkorlik bilan yetkazish; - topshiriqlar ijrosini maqsadli o'rganishni ta'minlash; - hududdagi tashkilot, korxona va muassasalarda ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilish; - qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va o'z qarorlari bajarilishi natijadorligi uchun rahbarlar va xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish; - mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqish. Hujjatlarning ijro etish muddatlari Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan) sanadan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi. Ijro etishning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki rahbar rezolyutsiyasida ko'rsatiladi. Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hujjat jo'natilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak, agar boshqa muddat belgilanmagan bo'lsa. Qonun hujjatlari va Hukumat qarorlarini O'zbekiston Respublikasi qabul qilgan qonunlarga muvofiqlashtirish bo'yicha topshiriqlar bir oy mobaynida bajarilishi kerak, agar Oliy Majlis qarorida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo'lsa. Mahalliy davlat hokimiyati organlari kelib tushgan qarorlar bo'yicha - 3 kalendar kun, farmoyishlarning loyihalari bo'yicha esa ko'pi bilan - 2 kalendar kun mobaynida tegishli o'z qarorlari qabul qilinishi shart. «Ijro.gov.o'z» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. «Ijro.gov.o'z» tizimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining raisligi ostida o'tkazilgan kengashlar bayonnomalarida belgilangan topshiriqlar bajarilishining nazoratini taminlovchi axborot tizimi hisoblanadi. Hududlar darajasidagi majlis va yig'ilishlarni o'tkazish faqatgina «Ijro.gov.o'z» tizimidagi majlislar va yig'ilishlar maxsus markazlashgan ma'lumotlar bazasiga o'tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko'rsatilgan qaydlar kiritilganidan so'ng amalga oshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o'tkaziladigan yig'ilishlar bundan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: docx