Ijro ishi yuritishdagi xarajatlar

Ijro ishi yuritishdagi xarajatlar

O'quvchilarga / Huquq
Ijro ishi yuritishdagi xarajatlar - rasmi

Material tavsifi

Ijro ishi yuritishdagi xarajatlar Reja: 1.Ijro yig'imi tushunchasi va uni undirish tartibi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari va ushbu xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo'nak bilan ta'minlanishi hamda ijro harakatlarini amalga oshirish. 2.Xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risida talabalarda tasavvurni hosil qilish va ko'nikmalarni shakllantirish. 1.Ma'ruzaning asosiy masalalari: Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari Sud ijrochilarining depozit hisobvarag'ida bo'lib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablag'lar, shuningdek, ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablag'lari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi: - qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablag'lar; - ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq to'lashga sarflangan mablag'lar; - undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali o'tkazishga (jo'natishga) sarflangan mablag'lar; - qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori bo'yicha olib qo'yilgan bolani qidirishga sarflangan mablag'lar; - ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablag'lar. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, sud ijrochilarining depozit hisobvarag'iga o'tkaziladi. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo'nak bilan ta'minlanishi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunga ko'ra undiruvchi ijro harakatlari ta'minlash uchun sud ijrochilarining depozit hisobvarag'iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun kerakli miqdorda bo'nak badalini o'tkazishi mumkin. Undiruvchi tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirish uchun kelgusida qilinadigan xarajatlarni qoplash uchun bo'nak badali o'tkazilishi ijro hujjatining ijro etilishini tezlashtiradi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 42 - moddasi 2 qismiga muvofiq qarzdor yoki uning mol-mulkini qidirish sud ijrochisi uchun majburiy emas, bu harakatni amalga oshirish undiruvchining erkiga bog'liqdir. Shuning uchun ham Qonunning 42 - moddasini 2 qismida ko'rsatilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo'yicha tegishli xarajatlarni to'liq bo'nak bilan ta'minlashga haqli. Ko'rsatilgan ijro harakatlari undiruvchi tomonidan bo'nak bilan ta'minlangach, sud ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish to'g'risida tegishli qaror chiqaradi. Ijro harakatlarini amalga oshirish uchun undiruvchi tomonidan to'langan bo'nak badali ijro ishi tamomlangach qarzdorning hisobidan koplanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi Sud ijrochisi majburiy ijroni ta'minlaganda ijroni amalga oshirishga sarflangan xarajatlarni qarzdor hisobidan undiradi. Sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda ijro harakatlarini amalga oshirishga sarflangan xarajatlar qarzdordan undirilishi ko'rsatilishi kerak. Qaror chikarilgandan keyin, qarorning nushasi qarzdorga topshiriladi . Qarzdordan undirilgan ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari sud ijrochilarining depozit hisobvarag'iga o'tkaziladi. Depozit hisobvarag'i katta sud ijrochisi tomonidan boshqariladi. Ijro harakatlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.89 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.89 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga