Ijtimoiy - maishiy va sog'lomlashtirish maqsadlarda suvdan foydalanish huquqi

Ijtimoiy - maishiy va sog'lomlashtirish maqsadlarda suvdan foydalanish huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Ijtimoiy - maishiy va sog'lomlashtirish maqsadlarda suvdan foydalanish huquqi - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-maishiy va sog'lomlashtirish maqsadlarda suvdan foydalanish huquqi Reja: 1. Aholini ijtimoiy-maishiy zaruratini qondirishda suvdan foydalanish huquqi 2. Davolash, sog'lomlashtirish va kurort maqsadlarda suv obyektlaridan foydalanish O'zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishi milliy strategiyasining asosiy maqsadi - fuqarolarni toza atrof tabiiy muhitga ega bo'lish huquqini ta'minlab beradigan mamlakatimizniing iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini kafolatlovchi bozor munosabatlari institutlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan yangi va o'ta samarador iqtisodiy tuzilmasini yaratishdir1. 2003 yil 1 sentyabrda bo'lib o'tgan xalqaro Dushanba Forumida toza suv bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanish tashabbusi qabul qilindi. Unda mazkur mintaqada toza suvdan foydalanish va unga ega bo'lishning qo'yidagi asossiy vazifalari belgilanib olindi: 2010 yilda sug'oriladigan yerlar uchun suvdan samarasiz foydalanishni 20 foizgacha kamaytirish; kundalik ichimlik suvidan me'yorini har bir kishi uchun shaharda 200 litrga, qishloqda 100 litrgacha tushirish; vodoprovod tarmoqlari orqali suv ta'minotini shaharda 99 foizgacha, qishloqda esa 60 foizgacha ko'paytirish; sanoatda qaytmaydigan suv sarfi salmog'ini 30-40 foizgacha kamaytirish. Suv va suvdan foydalanish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunining 25-moddasida Respublikamizda suv obyektlaridan, avvalo, aholining ichimlik suvga va uning maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanishga berilishi alohida urg'ulgan. Ochiq suv havzalaridan aholini sog'lomlashtirish va ijtimoiy -maishiy maqsadlarda foydalanishi, yani daryolar, ko'llar, buloqlar, suv omborlari va boshqalardan maxsus inshootlar va texnik vositalarsiz foydalanishlari -aholining suvdan umumiy foydalanishlari deb ataladi va u bepul amalga oshiriladi. Aholining suvdan umumiy foydalanishi eng ko'p tarqalgan suvdan foydalanish turi hisoblaniladi. Umumiy foydalanishga kishilarning suvdan ichimlik suvi sifatida foydalanishlari va uy hayvonlarining suvga bo'lgan ehtiyojlarini kondirishi, ovqat tayyorlashi, cho'milishi, kir yuvishi, xonaki va madaniy o'simliklarga suv quyishi misol bo'la oladi. Umumiy va maxsus suvdan foydalanish masalasi ko'rilganda, asosiy diqqat kommunal xo'jalikning vodoprovod tarmoqlaridagi ichimlik va texnik suvdan foydalanishga qaratilishi zarur. Bunday munosabatlar fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi va u doimo o'zgarib turadi. Masalan, poytaxtda vodoprovod va kanalizatsiyalar orqali suvdan foydalanish normalarining so'ngi ta'rifi Toshkent shahar hokimi apparati Moliya bosh boshqarmasining 2003 yil 6 maydagi buyrug'i bilan qabul qilindi va u 2003 yil 1 iyuldan amalga tadbiq qilindi. Buyruqqa binoan kishilar suvdan vodoprovodlar orqali foydalanishlari uchun har bir mkubgaq 22 so'm 00 tiyin; kanalizatsiyalar orqali 10 so'm 50 tiyin miqdorida pul to'lashlari kerak. Aholining suvdan ichimlik va maishiy maqsadlarda foydalnishi uchun to'lov miqdorini o'rnatish jarayoni juda murakkab bo'lib, u 1-jadvalda ko'rsatilgan holatlarni inobatga olgan tarzda quyidagicha o'rnatiladi. Hamamizga malumki, Markaziy Osiyo mintaqasida suv hayot manbai va eng qimmatli tabiat resursi hisoblanadi. Mintaqaning asosiy suv arteriyasi bo'lib Amudaryo va Sirdaryo hisoblanadi. 1-jadval Aholini ichimlik va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish me'yorlari va oylik to'lov t a r i f ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.67 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.67 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga