Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi

Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi

O'quvchilarga / Huquq
Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi 2. Huquq tushunchasi, belgilari va turlari. 3. Huquqning prinsiplari va funksiyalari. Ijtimoiy normalar - bu jamiyatda insonlarning umumiy xulk-atvori qoidalari yigindisi bulib, ijtimoiy-iktisodiy tuzumga asoslangan, ongli iroda foaliyatining natijasidir. Jamiyat xayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ijtimoiy normalar katta urin uynaydi. Ijtimoiy normalar deganda, kishilarning, jamoalar va ijtimoiy guruxlarning о'zaro munosabatlarini, yurish-turishi va xatti-xarakatlarini tartibga soluvchi barcha qoidalar yig'indisi tushuniladi. Ijtimoiy normalar - odamlar va ularning birlashmalari о'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bо'lib, ular «inson - inson» munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an'analarning normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar. Axloq normalari - ezgulik va yovuzlik, sha'n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas'uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda о'rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Jamoat birlashmalarining normalari - jamoat birlashmalarining о'z faoliyatini tartibga solish uchun va tashkilotlarning a'zolari о'rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun о'rnatgan xulq-atvor qoidalaridir. Odat normalari - kishilarning kо'p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga о'tib kelayotgan xulq-atvor qoidalaridir. An'ana normalari - ilg'or an'analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari. Marosim normalari - kishilarning ma'lum rasm-rusumlarni bajarishdagi xulq-avtor qoidalari. Diniy normalar - dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari. Siyosiy normalar - alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarining hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari. Huquq normalari - davlat tomonidan belgilanadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari. Ijtimoiy normalarning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: a) insonlarning jamiyatdagi xulk-atvor qoidalari, ya'ni fukarolarning о'rtasidagi munosabatlar qanday bо'lishini belgilaydi; b) umumiy xulk-atvor qoidalar sifatida muayyan xayot vaziyatlarida xarakatlarni belgilaydi; v) insonlarning ongli-xoxish foaliyati natijasida vujudga keladi; g) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum bilan chambarchas bog'likligi, uning iqtisodiy bazisini ustkurmasini belgilaydi. Muxtasar qilib aytganda, inson yashar, faoliyat kо'rsatar ekan, xoxlaydimi, yо'qmi muayyan qoidalarga asoslanib yashaydi. Uning hayotini tartibga solib turuvchi qoidalar ijtimoiy normalar deyiladi. Huquq tushunchasi, belgilari va turlari. Huquq - ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalarining tizimidir. Har bir inson о'z hayotida huquq bilan aloqada bо'lib, huquq haqida о'z shaxsiy tasavvuriga ega bо'ladi. «Umrida tabiatshunoslik va tarix masalalariga qiziqmagan insonni topish mumkindir, - deb ta'kidlagan edi rus huquqshunosi N.M.Korkunov, - lekin hayoti davomida huquq masalasiga duch kelmay yashash hech aql bovar qilmaydigan ishdir. Qanchalik odamovi bо'lmang, qanchalik odamlardan qochmang, siz huquqiy masalalarni chetlab о'tolmaysiz. Hech bо'lmaganda bitta huquq, shaxsiy erkinlik huquqi sizni qiziqtirmasdan qolmaydi. Odamlardan qochib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.9 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.9 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga