Ijtimoiy tartibga solish tizimi Reja: Ijtimoiy tartibga solishning obyektiv zarurligi Normativ tizim tushunchasi va tizimi Huquq tushunchasi, mohiyati, belgilari va mohiyati Huquq prinsiplari va funksiyalari Huquq to'g'risidagi nazariyalar Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va ularni normativ tartibga solishning obyektiv zarurligi Ma'lumki, ijtimoiy hayot, jamiyat millionlab odamlarning oilaga, mehnat jamoasiga, hududiy tuzilmalarga, sinflarga, ittifoqlarga birlashgan, jamiyatning individual-yakka a'zolarining o'zaro harakati va o'zaro munosabatlaridan iboratdir. Shu ma'noda jamiyat kishilarning o'zaro xatti-harakatlari mahsulidir. Ko'z oldimizda son-sanoqsiz o'zaro munosabatlar amalga oshadi. Ularning hajmi, davomiyligi, mazmuni ham turlicha. Qisqasi jamiyat minglab, millionlab o'zaro munosabatlarning makoni bo'lib, ayni paytda bu munosabatlar muayyan, real ehtiyojlardan kelib chiqqan. Jamiyat a'zolari, ijtimoiy hayot qatnashchilari, ya'ni indivi-duumlar, sotsiumlar o'rtasida, ularning ijtimoiy birliklari o'rtasidagi barcha munosabatlar, o'zaro harakatlar majmui ijtimoiy munosabatlarni tashkil etadi va ularni ijtimoiy normalar tartibga soladi. Har bir inson jamiyatda amal qiluvchi normalar va ular asosida o'z hayotini tashkil qilish haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Turli ijtimoiy normalarni o'rganish, o'zlashtirish va qo'llash sotsializatsiya, ya'ni ijtimoiylashuv deb ataladi. Individ jamiyatdagi hayot haqidagi birinchi tasavvurlarini ota-onasi va oiladagi yaqinlaridan oladi. Maktabgacha bo'lgan muassasalarda va maktabda bolalarni normalar, an'analar, qadriyatlar bilan tanishtiradilar, boshqa insonlarning hayot tarzi maxsus o'rgatiladi. Ijtimoiy muhitga, boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishish jarayoni adaptatsiya hisoblanadi. Adaptatsiya muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda faoliyat ko'rsatish jarayonida kishilarning muloqotga, o'zaro munosabatga kirishishi natijasida amalga oshadi. Inson turli guruh, jamiyatlarda qatnashib ijtimoiy tajriba orttiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs - madaniy normalarni bilish asosida harakat qiluvchi individ, u jamiyatda o'z mavqeini tushunadi, boshqa odamlar orasidagi o'z o'rnini anglab yetadi. Insonning ijtimoiylashuvini sxematik tarzda uning oilada boshlanib, so'ng jamiyatda va davlatda amalga oshadigan hayot yo'li deb tushunish kerak. Eng muhimi va ahamiyatli, boshqa hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydigan qadriyatlardan biri bu insonlarning o'zaro muloqot, umumiy munosabatlarda bo'la olish imkoniyatidir. Muloqot jarayonida biz shaxs sifatida shakllanamiz, dunyo va boshqa insonlar haqida tasavvurga ega bo'lamiz va o'zimizni, o'z imkoniyatlarimizni, xarakterimiz xususiyatlarini chuqurroq o'rganamiz. Insonlarning birgalikdagi hayot kechirish tarzini tartibga soluvchi, yo'naltiruvchi turli-tuman normalar xalqaro bitim (konvensiya)larda, konstitutsiyada, turli tashkilotlar, partiyalar ustavlarida, kodekslar va qonunlarda, axloq qoidalarida, diniy odatlarda, madaniy an'analarda, siyosiy majburiyatlarda ifodalanadi. Ular yordamida jamiyatda muayyan tartib, iyerarxiya, ya'ni bir xil munosabatlarning boshqasiga bo'ysunish tartibi joriy etiladi. Normalar bu tartibni ta'minlaydi va millionlab odamlarning birgalikdagi hayotini tartibsizlik, o'zboshimchalikka aylanishiga yo'l qo'ymaydi. Normalar hamma joyda va har doim amal qiladi, ular insonlarning har qanday faoliyatini, ularning o'zaro munosabatga kirishuvini tartibga soladi. Ijtimoiy normalar insonning butun hayoti davomida unga hamrohlik qiladi, ya'ni inson ona vujudida homila sifatida paydo bo'lganidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
73.68 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
73.68 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: doc