Ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari

Ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari Reja: 1. Ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari 2. Ijtimoiy tuzum va davlat 3. Ijtimoiy tuzum tarkibi 4. Ijtimoiy tuzum va konstitutsiyaviy huquq 1. Ijtimoiy tuzumning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari Ijtimoiy tuzum - bu ijtimoiy munosabatlarning tarixan vujudga kelgan va rivojlanayotgan muayyan tizimidir yoki boshqacha qilib aytganda, - jamiyatning ishlab chiqarish, mahsulotlarni taqsimlash va ayirboshlashning muayyan darajasi bilan, ijtimoiy ongning o'ziga xos xususiyatlari va insonlarning turli sohalardagi o'zaro munosabatlaridagi an'analari bilan bog'liq bo'lgan, davlat va huquq bilan muhofaza etiladigan munosabatlar majmuidir. Ijti-moiy tuzumning yuzaga kelishini taqozo etuvchi yuqorida aytilgan omillarga keladigan bo'lsak, u holda shuni ko'zda tutish kerakki, ular jamiyatni tashkil etuvchi muayyan shakllar orasidagi bog'liqlik u yoki bu mamlakatda bir tekis emas. Masalan, ishlab chiqarish sohasidagi o'zgarishlar har doim ham tezda ijtimoiy tuzumning u yoki bu tizimida tegishli o'zgarishlar ro'y berishiga olib kelmaydi. Odatda, malum bir vaqt o'tadi, o'zgarishlar yig'ilib qoladi, mustahkam-lanadi va faqat o'shandagina ijtimoiy tuzumning malum tizimi ichidagi tuzilmaning o'zgarib qolganligini ko'rish mumkin. Ijti-moiy an'analar esa undan ham asta sekinlik bilan o'zgaradi, ijti-moiy hayotda ziddiyatlar va hatto bo'xron (krizis)larni keltirib chi-qargan holda ijtimoiy tuzumning o'z vaqtida o'zgarishiga to'sqinlik qiladi. Bunday hollarda ijtimoiy tuzumning o'zgarishi faqat krizis bartaraf etilgandan keyingina ro'y berishi mumkin. 2-§. Ijtimoiy tuzum va davlat Ijtimoiy tuzum har doim davlat ta'siri ostida bo'ladi. Dav-lat esa jamiyat tomonidan uning umumiy manfaatlarini himoya qi-lish, jumladan, ijtimoiy tuzumni himoya qilish uchun tashkil qilinadi. Ammo davlat muayyan mustaqillikka ega bo'lib, ko'pincha kuchli majburlash vositalari orqali davlat hokimiyati manfaat-lariga jamiyat manfaatlarini bo'ysundirgan holda, jamiyatdan ham ancha ustun ko'rinadi. Davlat o'z siyosati, yani davlat organlari, muas-sasalari va mansabdor shaxslarining uyushgan va muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyati bilan ijtimoiy tuzumga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu faoliyat ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqadi. Shu tarzda ijtimoiy tuzumning shakli ko'p hollarda davlat tomonidan, binoba-rin, subyektiv omil bilan belgilanadi. Bazida davlat ta'siri faqat uning shakliga emas, mazmuniga ham o'tkazilganda, ijtimoiy tuzum valyuntaristik qayta qurish qurboni bo'ladi. Qator mamla-katlarda, jumladan, Rossiyada ham kommunistik tajribalar buning muayyan bir xalq va hatto butun insoniyat uchun qanchalik xavfli ekan-ligi yaqqol namoyish etdi. Turli mamlakatlarda jamiyat hayotining ancha o'xshash sharoitlarida biz bu mamlakatlarning ijtimoiy tuzumida ko'zga tashlanarli tafovo'tlarni tez-tez kuzatamiz va bu hol subyektiv omilning ta'siri sifatida namoyon bo'ladi. 3-§. Ijtimoiy tuzum tarkibi Ijtimoiy tuzumning tuzilishi to'rtta ichki tizimdan shakl-langan bo'ladi, ular jamiyat hayotining tegishli sohalaridagi ijti-moiy munosabatlar tizimini ko'rsatib turadi. Bu ichki tizimlar quyidagilardir: a) iqtisodiy munosabatlar b) ijtimoiy (sotsial) munosabatlar (tor manoda) v) ma'naviy-madaniy munosabatlar g) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.17 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.17 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga