Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquq, erkinlik va burchlar

Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquq, erkinlik va burchlar

O'quvchilarga / Huquq
Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquq, erkinlik va burchlar - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquq, erkinlik va burchlar Reja 1. Ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari 2. Mulk huquqi va merosga ega bo'lish 3. Mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi 4. Sof atrof-muhitga ega bo'lish va uni muhofaza qilish huquqi 5. Malakali tibbiy yordam va ijtimoiy ta'minot olish huquqi 6. Uy-joyga ega bo'lish huquqi 7 ta'lim olish huquqi 8. Madaniy boyliklardan foydalanish huquqi. Ijod erkinligi 1. Ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari Xorijiy mamlakatlar fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari jamiyat va davlat o'rtasidagi munosabatlarni o'zida ifodalaydi. Ushbu munosabatlarda davlat manfaatlari bilan shaxs manfaatlari birligi aks ettiriladi. Mavjud huquq va erkinliklar to'g'risidagi qoidalar shaxsni har tomonlama kamol topishiga, ishlab chiqarishda, davlat va jamiyat hayotida keng tashabbus ko'rsatishga mehnatga ongli munosabatda bo'lishga, insonparvarlik, axloqiy ma'naviy prinsiplarga qatiy rioya etishiga qaratilgan. Har bir mamlakat fuqarolarining huquqiy holati, ularning shu mamlakatga tegishli ekanligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar shaxsga uning jamiyatda normal holatda yashashi, ijtimoiy ehtiyojlarini qondi-rish uchun zarurdir. Ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar turli davlatlarda turlicha mustahkamlangan. Masalan, sotsialistik tuzumdagi davlat-larda iqtisodiy huquq va erkinliklarga alohida etibor beriladi va birinchilardan bo'lib ularni Konstitutsiyalarida mustahkamlab qo'yadilar. Shuningdek, Meksikaning 1917 yilgi va Germaniyaning 1919 yilgi Veymar Konstitutsiyasida alohida tarzda iqtisodiy-ijtimoiy huquq va erkinliklar to'g'risida to'xtalib o'tilganligi ko'zga tashlanadi. Demak, yuqorida takidlab o'tganimizdek har bir mamlakat shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari uning ja-miyatda normal holatda rivojlanishi va erkin yashashini ta'minlash maqsadida etirof etiladi. Bu bevosita shaxslarning hayotiy manfaatlarini himoyalash va ularni ta'minlash bilan bog'liqdir. Davlat ularni amalga oshirishga ko'maklashadi, sharoit yaratadi. Har bir davlat o'z Konstitutsiyasida o'zining asosiy vazifasi fuqarolar-ning huquq va erkinliklarini ta'minlash ekanligini belgilab qo'yadi (Ispaniya, Hindiston, Nigeriya, Filippin davlatlarining Konstitutsiyalari shular jumlasidandir). Xorij olimlari ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklarni turlicha turkumlarga ajratishgan. Xorijiy mamlakatlar konstitu-tsiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar ko'lami nihoyatda keng bo'lib, har bir mamlakat o'zining ijtimoiy poten-tsialidan kelib chiqib ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni juda ko'plab turlarini ajratib ko'rsatgan. Xorijiy mamlakatlarning ilmiy adabiyotlarda ular quyidagicha turkumlanadi: mulkdor bo'lish huquqi, meros olish huquqi, mehnat qilish huquqi, turar-joyga ega bo'lish huquqi, ijtimoiy ta'minot olish huquqi, dam olish huquqi, ish tashlash huquqi, sog'liqni saqlash huquqi, ta'lim olish huquqi, toza atrof tabiiy muhitga ega bo'lish, madaniy boyliklardan foyda-lanish huquqi, ijod erkinligi va hoka'zolar kiradi. 2-§. Mulk huquqi va merosga ega bo'lish Ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar qatorida mulkdor bo'lish va meros qoldirish huquqi salmoqli o'rinni egallaydi. Sabab yer yuzidagi mavjud bo'lgan davlatlarning ko'pchiligi iqtisodiyotni siyosatdan ustunligini tan oladi va hammasi mavjud tamoyillarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga