Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi jahon тajribasi Reja: Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Parlamentning muhim funktsiyalaridan biri - hukumat faoliyatini nazorat qilishdir. Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Ikki palatali parlamentlarning jamiyatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini va siyosiy irodalarini ifodalashga qobilligini ilk bor nazariy jihatlardan buyuk frantsuz ma'rifatparvari SHarl Lui Monteske tadqiq etgan edi. U ikki palatali parlamentni ham ijroiya, ham qonun chiqaruvchi hokimiyatlarni jilovlab turuvchi unumli vosita sifatida asoslab bergan edi. Monteskening fikricha, qonun chiqaruvchi hokimiyatning aristokratik qatlami, ya'ni yuqori palatasi qaror qabul qilish xuquqi asosida emas, balki bekor qilish huquqi asosida qurilishi lozim. Mutafakkir erkinlikni ta'minlovchi hokimiyatni quyidagi qoida asosida ko'rsatgan edi: Bunda qonun chiqaruvchi majlis bir-birini o'zlariga tegishli bo'lgan bekor qilish huquqi asosida o'zaro jilovlab turuvchi ikki qismdan iborat bo'lib, ularning har ikkalasi ham o'z o'rnida ijroiya xokimiyat bilan bog'lanadilar, qaysiki, u ham o'z navbatida qonun chiqaruvchi xokimiyat bilan bog'liq bo'ladi. Mutafakkirning bu g'oyalari AQSH davlatchiligi asoschilari falsafasining asosi bo'ldi. Tomas Jefferson AQSHda ilk davlat asoslari endigina qurilayotgan davrdagi ikki palatali parlament to'g'risida (1785 yilda) «Virjiniya shtati haqida qaydlar» asarida shunday deb yozgan edi: «Senat o'z tuzilishiga binoan deputatlar palatasi bilan bir xildir. Modomiki, bir xil saylovchilar bir vaqtning o'zida bir xil nomzodlar ichidan saylar ekanlar, albatta bu tanlashlar bir xil sifatlarga ega bo'lgan kishilar ustiga tushadi. Turli qonun chiqarish palatalarini tuzishdan maqsad - turlicha manfaatlar yoki turlicha printsiplar ta'sirini ta'minlashdir. SHunday deyishadiki, Buyuk Britaniyada Konstitutsiya jamoalar palatasinining odilligiga va lordlar palatasining donishmandligiga tayanadi. Agar odillikni pulga sotib olish mumkin bo'lsa, donishmandlikni esa meros qilib qoldirish imkoni bo'lsa, bu albatta mantiqan to'g'ri bo'lardi. Bir qancha Amerika shtatlarida delegatlar (quyi palata deputatlari demoqchi; SH.Q) vasenatorlarni shunday tarzda saylaydilarki, birinchisi insonlarni, ikkinchisi esa mulkni ifodalaydi va himoya qiladi. Lekin bizda boylik ham, donishmandlik ham har ikkala palataga o'tish uchun teng imkoniyatlarga egadirlar. SHuning uchun ham biz legislaturamizning1 ikki palataga bo'linishidan, shuningdek, biz ularning printsiplarni etarlicha uyg'unlashtirishga qodirligidan shunday foyda olamizki, qaysiki, ulardan bittasi o'zaro kelishmovchiliklardan kelib chiqqan yovuzlikni bartaraf etib, uning o'rnini to'ldirishi mumkin». AQSHda ikki palatali parlament tuzish g'oyasi avvalo shtatlar tajribasidan kelib chiqqan bo'lsa, qolaversa, shtatlarni bir davlat federatsiyasi sifatida uyg'unlashtirish maqsadi ham bu g'oyani amalga oshirishni taqozo etar edi. 1788 yildayoq J.Medison ikki palatali tizimning birlashtiruvchilik tamoyilini aholi mutanosib vakilligi (vakillar palatasi) va alohida shtatlar teng vakilligi (senat) printsiplarini «qorishtirish»dir, deb ta'riflagan edi. AQSH davlatchiligi asoschi-otalarining fikricha, parlamentning ikki palatali qilib qurilishi, birinchidan, hokimiyat tepasida turganlarning saylovchilar oldidagi majburiyatlarini unutishdan himoya qiladi. Bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.89 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.89 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: docx