Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik pedagogik o'rganish Reja: 1. Go'daklik davrida bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish (tug'ilgandan to 1 yoshgacha). 2. Ilk yoshdagi (1-3 yosh) bolalarni psixologo-pedagogik tekshirish 3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologo-pedagogik o'rganish (3-7 yoshgacha) Go'daklik davrida bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish (tug'ilgandan to 1 yoshgacha) Bir yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari bu - kattalarga bo'lgan qaramlikdir. Kattalar bilan muloqat qilish - bola hayotining birinchi oylaridayoq muhim ehtiyojdir. Aynan shu muloqat jarayonida bolaning psixik faoliyatining asoslari shakllanadi. Bu yoshda rivojlanish bir me'yorda kechmaydi, shuning uchun uni baholash uchun dinamik kuzatish talab etiladi. Rivojlanishning tezligi va bir me'yorda kechmasligi bola hayotining birinchi yoshini yutuqlar bo'yicha bir necha bosqichlarga taqsimlaydi. Birinchi davrda (hayotining birinchi oyi) - yangi tug'ilgan chaqaloqlik davrida - rivojlanishdagi yetakchi yutuqlarini ajratish qiyin, biroq hayotining 3-4 xaftasidayoq kommunikativ xulqini aniqlash mumkin: masalan, erkalashga bolani labini oldinga cho'chchaytirib, kulgu bilan javob qaytarishi. Ikkinchi davrning eng katta yutuqlari bolaning atrofdagilarga javoban his-tuyg'ularining hamda eshitish, ko'rish idrokining rivojlanganligidir. Osilib turgan o'yinchoqqa diqqat bilan qarashi, harakatdagi buyumlarni kuzatishi, kattalar yuziga etibor berish qobiliyati rivojlanadi. Bir oylikning oxirida ikkinchi oylikning boshida kattalarga javoban iljayish paydo bo'ladi. Rivojlanishining ikkinchi davrining yakunida bola da kattalar bilan muloqotda bo'lish xar tomonlama jonlanadi. Ushbu jonlanish yangi tug'ilgan bolaning go'daqlik davriga o'tganligidan dalolat beradi. Boshni gorizontal va vertikal holatda ushlay olish - ikkinchi davrda xaraktlar holatining ko'rsatkichidir. Uchinchi davrda (3-6 oy) keyingi ko'rish va eshitish idroki reaksiyalari shakllanishi davom etadi, tevarakda mo'ljal olish qobiliyati paydo bo'ladi, uning negizida nutqni tushunish qobiliyati, predmetli faoliyatining birinchi belgilari, sensor idrok va xulq atvorining dastlabki shakllari rivojlana boshlaydi. Ushbu yoshda ko'rish analizatorining faoliyati yaxshilanishi natijasida yetakchi rolni qo'l harakatlarining rivojlanishi egallaydi: davr oxiriga bola qo'li bilan maqsadli harakatlar bajarishga, o'yinchoqlarni qo'liga olib o'ynashga qodir. Kattalar bilan muloqat qilishda ham bolaning munosabati yaxshi tomonga o'zgaradi. Bola asta sekinlik bilan o'zinikilarni ajrata oladi. Ushbu davrga faol nutqni boshlang'ich etaplarini rivojanishi xos. Ovozida guvullab ashula aytish bilan birgalikda guvranish paydo bo'ladi. Birinchi yarim yil oxiriga qarab bola to'g'ri qo'yilgan qo'llarining kaftlariga tayanib, qornida yotadi, orqasidan qorniga ag'dariladi, turg'izib qo'lida uchab tursa oyoqlariga qattiq tiralib oladi. To'rtinchi davr (6-9 oy) yutuqlarga keskin boy bo'ladi. 7 oyga qarab bola emaylab ketadi. Bu uning xulqini o'zgartiradi - u ko'proq faol va mustaqil bo'ladi, atrofini yaxshi taniydi, harakatlari faollashadi. 9 oyga borib to'g'ri turish, o'tirib olish, yotish, o'rnidan turish, o'tirish, to'siqni ustidan xatlab o'tish funksiyasilari rivojlanadi, ko'l pashjasi va barmoqlarining harakatlanishi tokomillashadi. Beshinchi davrda (9-12 oy) nutqning rivojlanishi muhim hisoblanadi. 9 oydagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
139.75 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
139.75 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: doc