Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi

Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 5-mavzu Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar xalqaro hamjamiyatga kirgan O'zbekiston Respublikasi mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga faol yordam berish, milliy qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish majburiyatini o'ziga oldi. Zamonaviy xalqaro hamjamiyat insonning tabiiy huquqlari g'oyasini huquqiy me'yoriy hujjatlar darajasida mustahkamlagan. Ularning ichida Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi alohida o'rinda turadi. Deklaratsiyada bugungi kunda har bir inson ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ega bo'lishi lozim bo'lgan huquq va erkinliklarning minimal hajmi keltirilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida ko'plab bajarilishi shart bo'lgan hujjatlar ishlab chiqilgan Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma BMTning umumiy, huquqiy qamrov darajasi bo'yicha universal hujjatlaridir va ular Inson huquqlari Xartiyasini tashkil qiladi. Ko'pincha u Inson huquqlari to'g'risida xalqaro bill deb ataladi. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropakonvensiyasi (1950-y.) o'z ichiga fuqarolik hamda siyosiy, shuningdek ba'zi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni olgan. Konvensiyaga qo'shimcha bayonnomalar YevropaKengashining yetakchi hujjatlariga aylandilar. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida inson va fuqarolarning himoya qilinishi Davlat mustaqilligiga erishgach, O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish milliy mexanizmini ham yaratib, bosqichma-bosqich mustahkamlab bormoqda. Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashda davlat ichki mexanizmining asosiy bo'g'inlari quyidagilar: - huquqbuzarliklarga chek qo'yilishi va inson huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarni bajaradigan ichki ishlar organlari. - adolatli sudlovni amalga oshiradigan sud organlari; - qonunlar aniq bajarilishini nazorat qiladigan va inson erkinliklari va huquqlarini himoyalaydigan prokuratura organlari; Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar huquqlari Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar - hech bir davlatning fuqarosi maqomiga ega bo'lmagan jismoniy shaxslar (apatrid) deyiladi. Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar to'la huquqli fuqarolar hisoblanmasa ham, ushbu shaxslar ularni qabul qilgan mamlakatning amaldagi qonunlariga bo'ysunishlari shart. Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar barcha inson huquqlariga egadirlar, lekin to'la huquqli fuqarolarning asosiy imtiyozlaridan foydalana olmaydilar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko'rsatishi kafolatlangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Savol va topshiriqlar: 1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan va uning mohiyati nimadan iborat? 2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida inson huquqlari bo'yicha qanday hujjatlar ishlab chiqilgan? 3. Inson huquqlari bo'yicha qanday hujjatlar YevropaKengashida yetakchi hisoblanadi? 4. Yevropakomissiyasi va Yevropasudi nima maqsadda tuzilgan? 5. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari bo'yicha ichki davlat mexanizmi bo'g'inlarini sanab o'ting. 6. O'zbekiston Respublikasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.59 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.59 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga