Inson huquq va erkinliliklarining ta'minlanishi

Inson huquq va erkinliliklarining ta'minlanishi

O'quvchilarga / Huquq
Inson huquq va erkinliliklarining ta'minlanishi - rasmi

Material tavsifi

Inson huquq va erkinliliklarining ta'minlanishi Reja: Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi. Huquq va erkinliklar kafolatlarining o'ziga xos xususiyatlari. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qoidalar. Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi Davlat mustaqilligini qo'lga kiritib, O'zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirish yo'lini tanladi. Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo'ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko'rsatuvchi shartlaridan biri inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to'liq belgilanishi hamda ularning ta'minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad - ushbu davlatda yashovchi har bir fuqarolarning huquq va erkinliklarini to'la ta'minlashdan iboratdir. Tarixiy tajriba shuni ko'rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo'lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Bunga yorqin misol totalitar tuzum hukmronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqarolarning ko'plab huquq, erkinliklari juda chiroyli qilib yozib qo'yilgan edi. Biroq ular hayotda amalga oshmay qoldi. Chunki kommunistik mafkura ko'p jihatdan sinflar, davlat to'g'risida qayg'urib «inson»ni esdan chiqargan edi. o'z istiqlol va erkin taraqqiyot yo'lini tanlab olgan O'zbekistonda qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklarini to'la amalga oshirish yo'lida diqqatga sazovor ishlar qilindi. Inson manfaatlarini ta'minlash davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to'g'risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g'oyasi va maqsadi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to'la tushunish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to'xtalmoq zarurdir. O'zbek tilining izohli lug'atida bayon etilishicha: «Kafolat» so'zi bu - mas'uliyatni, javobgarlikni o'z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta'minlash» ma'nosini bildiradi. Kafolat - bu fuqarolarga qonunda belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir. Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari deyilganda shaxslarning Konstitusiyada belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklarini amalda haqiqiy bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni yaratish tushuniladi. Kafolat, kafolatlash bu - Konstitutsiya, qonunlarda ko'rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga oshirish, huquq va erkinliklarga ega bo'lish demakdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiyada ko'rsatilgan huquq va erkinliklarga egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan to'liq foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzilishdan muhofaza qilish hamdir. Konstitutsiyamizning mohiyati insonga munosib uayot sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a'zolari oldidagi buyuk maqsadlar qo'yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo'llarini o'zida mujassam etadi. Shu o'rinda davlat oila va jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uyg'unlashib borgan sari jamiyat rivojlanib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.85 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.85 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga