Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar

Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar

O'quvchilarga / Huquq
Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar - rasmi

Material tavsifi

Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar Reja: Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlari va ularning zarurligi. O'zbekistonda inson huquqlari bo'yicha milliy institularning tashkil topishi va ularning vazifasi. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlari va ularning zarurligi O'zbekistonda huquqiy davlat qurilishiga utish munosabati bilan, birinchi nvbatda inson huquqi masalasiga alohida etibor berilib, bu masala omma orasida keng kulamda urganila boshlandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chikadigan xalqaro mikyosida kabul qilingan yangi yuridik tamoyil vujudga keltirilganligini va uning ahamiyatni alohida kayd kilgan edi. Inson huquqlari umumbashariy ahamiyatga molik masala ekanligini asoslashga doir hujjatlar dastlab AKSh mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 yil) va Fransiya Inson va fuqarolik huquqlari Deklaratsiyasi(1789 yil) da uzining aniq ifodasini topgan. Bu deklaratsiyalarda insonning erkin fikr yuritishi, vijdon erkinligi, ixtiyoriy ravishda tinch yigilishlarda, uyushmalarda, davlat ishlarida ishtirok etishi va shaxsga nisbatan zurlik qilish, tazyiklar o'tkazilishini man etish kabi huquqlar dunyoda birinchi marta davlat siyosati darajasida oshkora elon kilindi. Inson huquqlari va uni himoya qilishga doir ishlar Ikkinchi jahon urushidan keyin keng kulamda rivoj topdi. Olmoniya natsistlari tmonidan insonga qarshi olib borilgan kirgin urushi barcha tinchliksevar insonlar tomonidan keskin koralandi. Aybdor generallar esa, xalqaro sud tomonidan jazolandilar. Bu dunyoda birinchi bor inson huquqlarini poymol kilganlarga qarshi qonunning kullanishi edi. Keyinchalik Birlashgan Millatlar tashkiloti tuzilishining asosiy sabablaridan biri xam inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarning yana bir amaldagi natijasi bo'lgan edi. Bu ishda, ayniqsa, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining kabul qilinishi muhim ahamiyatga ega buldi. Milliy institutlar shakl jihatidan turlicha ko'rinishda mavjud bo'ladi. Masalan, Ombudsman instituti Daniyada Parlament tomonidan saylanadi, Fransiya va Irlandiyada Prezident tomonidan tayinlanadi, Niderlandiyada esa, Parlamentning kuyi platasi tomonidan saylanadi, Norvegiyada Parlament, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, O'zbekistonda xam Parlament tomonidan saylanadi. Bundan tashqari, Belgiya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, O'zbekistonda Inson huquqlari Markazlari va komissiyalar faoliyat kursatmokda. Demokratik huquqiy davlatlar konstitutsiyalari va joriy qonunlarida insonning kadri, huquqi va erkinligini himoya qilishga doir alohida bob va moddalar mavjuddir. Inson huquqini ta'minlash, himoya qilish uchun davlatlar o'rtasida bitimlar, kelishuvlar, delaratsiyalar amal kilmokda. xalqaro maydonda BMT tashkil etilib, uning muassasalari, institutlari faoliyat kursatmokda. Va, nixoyat, xar bir mamlakatda inson huquqlari masalalari bilan shugullanuvchi milliy institutlar tashkil etilgan bo'lib, ular mamlakatda inson huquqlarini himoya qilinishi muammolarini o'rganish bilan mashguldirlar. Inson huquqlari milliy institutlarining zarurligi asosan kuyidagilar bilan belgilanadi: Birinchidan, tarix shundan guvoxlik beradiki, qonunlarda xamma teng, erkin, ozod deb yozilishi bilan amalda xamma teng bulavermaydi. Zuravonliklarga va adolatsizliklarga qarshi kurash uchun xam inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarni tashkil etish nixoyatda zarurdir. Ikkinchidan, jamiyatda xatto eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.99 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.99 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga