Inson huquqlari bo'yicha milliy qonunchilik Reja O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar implementatsiyasi. Qonunchilikning jinoyat, mehnat, oilaviy va boshqa sohalarini takomillashtirish. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy strategiyasi. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari Davlatlarning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlari turli shartnomalarda har xil aks ettiriladi. Masalan, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt davlatlardan maksimal darajada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning to'la ro'yobga chiqishini bosqichma-bosqich ta'minlash uchun chora-tadbirlar ko'rishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari Pakt shuningdek, davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning hech qanday kamsitishlarsiz amalga oshirilishini kafolatlashga hamda erkak va ayollarning bu huquqlardan bahramand bo'lish uchun teng huquqliligini ta'minlashga majburiyat yuklaydi. Mazkur huquqlarni nazarda tutuvchi boshqa xalqaro shartnomalar majburiyatlarni turlicha shakllantiradi, hatto davlatlarning qonun hujjatlarini qabul qilish yoki davlat siyosatida bu huquqlarni ilgari surish kabi aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyatini ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari Bosqichma-bosqich amalga oshirish tushunchasi davlatlarning inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlarga nisbatan majburiyatlarining asosiy jihatini tavsiflash uchun ishlatiladi. Uning negizida inson huquqlarining to'la ro'yobga chiqishini ta'minlash, mavjud resurslardan maksimal foydalangan holda tegishli choralar ko'rish majburiyati yotadi. Bosqichma-bosqich amalga oshirish tushunchasi BMTning inson huquqlari bo'yicha boshqa shartnomalarida ham mavjud: Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning 4-moddasi va Nogironlarning huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning 4(2) moddasi. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari Mavjud resurslar atamasi ushbu huquqlarning amalga oshirilishiga resurslarning yetishmasligi to'sqinlik qilishi mumkinligi va unga faqat malum muddatdan so'ng erishish mumkinligi tan olinishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, davlatning tegishli choralar ko'rish majburiyatiga rioya qilishi uning moliyaviy yoki boshqa resurslari asosida baholanadi. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari Davlatlarning majburiyatlari mazmunini ochib berish uchun bu majburiyatlar bazan uch toifaga bo'linadi: inson huquqlarni hurmat qilish (huquqdan foydalanishga aralashmaslik); himoya qilish (boshqalarni huquqdan foydalanishga to'sqinlik qilishini oldini olish); amalga oshirish (huquqni to'liq amalga oshirish uchun tegishli choralar ko'rish). O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlar o'z xususiyatidan kelib chiqqan holda, mazkur hujjatlarda belgilangan huquqlarni hurmat qilish, himoya qilish va ta'minlash uchun muayyan choralarni ko'rish va bu haqida xalqaro nazorat organlariga ma'lumot berish majburiyatini yuklaydi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar implementatsiyasi xalqaro shartnomalar doirasida davlatlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshirish ularni implementatsiya qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar implementatsiyasi Implementatsiya - bu xalqaro shartnomalarning ijrosi bilan bog'liq majburiyat bo'lib, xalqaro-huquqiy normalarni milliy darajada qonun va qonun osti-hujjatlariga transformatsiya qilishni anglatadi. xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx