Inson huquqlari islomcha yondashuv va konstitutsion amaliyot

Inson huquqlari islomcha yondashuv va konstitutsion amaliyot

O'quvchilarga / Huquq
Inson huquqlari islomcha yondashuv va konstitutsion amaliyot - rasmi

Material tavsifi

Inson huquqlari islomcha yondashuv va konstitutsion amaliyot Reja: Hozirgi zamon islom inson huquqlari konsepsiyalarining o'ziga xos xususyatlari. Islom huquqida individual huquq va majburiyatlar. Islomda fuqarolarning tengligi konstitutsion prinsipi. Shaxsiy huquq maqomi. Payg'ambarimiz Xazrat Muhammad ibn Abdulloh (570-632) islom dinining ilohiy qonun va tartiblarini amalga oshiruvchisidir. U muqaddas kitob Qur'oni Karimning hukumlariga binoan Yaratguvchi oldida barcha insonlarning tengligi va vijdonan erkinligini e'lon qilib, butun musulmon jamoasini Ummat deb atadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insoniyat tarixidagi ko'p ming yillik tajribalar mahsuli bo'lib, uning 30 ta moddasida jahondagi barcha xalqlarning qadriyatlari, ularning amaliy hayotidan kelib chiqqan xulosalar, turli huquqiy tizimlarda ishlab chiqilgan normalar mazmuni, erkinlik va barcha insonlar teng huquqli bo'lib yashash uchun kurashgan odamlarning armonlari o'z ifodasini topgan. Umumjahon inson huquqlari Deklaratsiyasida o'z ifodasini topgan inson huquqlari xalqaro doktrinasiga asosan huquq tizimida bir necha yo'nalish rivojlandi. Shulardan biri, musulmon mamlakatlari tomonidan Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan bog'liq Shuni ta'kidlash zarurki, Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasi (Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasi kabi) majburiy yuridik xususiyatga ega emas va davlatlar oldiga kafolatlar berish va uning qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish vazifasini qo'ymaydi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasining e'lon qilingan inson huquqlari va asosiy erkinliklari Qur'onga, shariatga va ular bilan bog'liq qonun hujjatlariga «bog'langan». Shu sababli bu hujjat an'anaviy xususiyat kasb etgan. Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasining tarkibi va moddalarini mufassalroq o'rganish uning mualliflari insonning daxlsiz va uzviy huquqlarini Alloh tomonidan berilgan deb hisoblab, ularni hurmat qilish majburiyatini olganini ko'rsatadi. Xullas, ushbu hujjat zamirida Allohning huquqi inson huquqlari va asosiy erkinliklariga nisbatan birlamchi va oliydir, degan g'oya yotadi. Islom konsepsiyasi bilan Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasida va Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi konvensiyada ifodalangan erkinlik konsepsiyasi o'rtasida jiddiy farq mavjud emas. Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasida belgilangan asosiy erkinliklar islom huquqi tizimini xalqaro huquq tizimi bilan yaqinlashtirish yo'lida tashlangan muhim qadamdir. Bundan tashqari, Butunjahon inson huquqlari islom deklaratsiyasining normalari inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari borasida davlat huquqi normalaridan ustunlikka da'vogar bo'lishi mumkin. «Umumjahon inson huquqlari islomiy Bayonotnomasi» islom huquqida individual huquq va majburiyatlarning o'zaro munosabatlarini keng talqin etuvchi hujjatdir. Unga ko'ra, Yashash huquqi, Erkinlik huquqi, Tenglik huquqi va hech qanday kamsitishga yo'l qo'ymaslik Adolat huquqi, qiynoqlardan himoyalanish huquqi, O'z sha'ni va obro'sini himoya qilish huquqi, Vijdon, fikrlash va so'z erkinligi Diniy e'tiqod erkinligi Jahonda tub o'zgarishlar yuz bergan, boshqa odamlarning ma'naviy dunyosiga qiziqish kuchaygan XX asr oxiri - XXI asr boshida islom olamida ham shaxs, uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.44 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.44 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga