Inson huquqlari mohiyati, tushunchasi va normativ shakli

Inson huquqlari mohiyati, tushunchasi va normativ shakli

O'quvchilarga / Huquq
Inson huquqlari mohiyati, tushunchasi va normativ shakli - rasmi

Material tavsifi

Inson huquqlari mohiyati, tushunchasi va normativ shakli Reja: 1. Inson huquqlari individlar o'zaro ta'sirining normativ shakli sifatida 2. Inson huquqlarining uch avlodi 3. Shaxsning huquqiy maqomi: tushunchasi va tuzilishi. Inson huquqlari individlar o'zaro ta'sirining normativ shakli sifatida 1. Inson huquqlari nima? Inson huquqlari kishilar o'zaro harakati, ular o'rtasidagi aloqalarni tartibga solish, ular harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish, ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, konfliktlarni bartaraf etishning normativ shakli hisoblanadi. O'z mohiyatiga ko'ra, ular individ, jamiyat, davlatning normal faoliyat ko'rsatishini ta'minlash obyektiv zarur bo'lgan kishilar hayot faoliyatining shart-sharoitlari va usullarini normativ shakllantiradilar. Bu me'yorlar erkinlik, tenglik, adolat prinsiplariga asoslanadi. Yashash, erkin bo'lish huquqi, qadr-qimmatga ega bo'lish, shaxs daxlsizligi, fikrlash va e'tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish huquqi kabilar ma'rifiy jamiyatda inson hayotini tashkil etishning zarur shartlari hisoblanadilar va davlat tomonidan so'zsiz tan olinishi, qo'riqlanishi shart. Inson huquqlari mazmuniga konkret-tarixiy yondoshish zarur. xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan inson huquqlarining hozirgi zamon katalogi - bu hozirgi zamon jamiyat normasi bo'lgan standartlarni uzoq tarixiy qaror topish jarayonining natijasidir. Inson huquqlarining rivojida hal qiluvchi bosqich bo'lgan XUII-XUII asrlar burjua-demokratik inqiloblari faqat inson huquqlarining keng majmuinigina emas, shuningdek inson huquqlarining universalligi va demokratik mazmunini belgilovchi formal tenglik prinsipini ham ilgari surdi. Formal tenglikka asoslangan inson huquqlari ijtimoiy taraqqiyotning bosh ahamiyatli yo'nalishlaridan biriga aylandi, ular davlatning xarakteriga katta ta'sir ko'rsata boshladilar, uning yakka hokimligini cheklovchi vosita hisoblanadilar, individni davlat hokimiyatining cheklanmagan homiyligidan hamda uning erki va manfaatlarini hokimiy tuzilmalar tomonidan ko'rsatiladigan tazyiqdan ozod qilib, davlat hokimiyati va individ o'rtasida demokratik o'zaro ta'sirni o'rnatishga imkon beradilar. Ayni paytda huquqiy davlatni shakllantirish ijtimoiy ong va amaliyotda inson huquqlarini tasdiqlamasdan turib mumkin emas. Biroq, bunga davlatli uyushgan jamiyatda individlarning ham hokimiyat, ham bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari shakl va usullarini qidirib topish uchun uzoq davom etgan azob-uqubatli jarayon natijasida erishilgan. Bu jarayon sof huquqiy makonda kechmagan. Shu sababli inson huquqlari boshidan axloqiy-etik, ma'naviy-madaniy, diniy mazmunga ega bo'lgan. Inson huquqlari kishilar faoliyatida ko'p marta takrorlanuvchi harakatlar, aloqalar va munosabatlarning qat'iy shakllariga bog'liq holda shakllangan. O'z manfaatlari, maqsadlari, ehtiyojlariga ega individlarning ko'pchiligi ishtirok etgan jamiyat hayotida kishilar xatti-harakatining turli yo'nalishlari muqarrar ravishda to'qnashadi va qarama-qarshilikka uchraydi. Biroq, ijtimoiy o'zaro ta'sir ishtirokchilari xatti-harakatlarining turli-tumanligiga qaramasdan muayyan barqaror normalar, etalonlar, qadriyatlar shakllanadiki, ular insonlar o'zaro ta'sir jarayonini tartiblashtirishga, turli individlar manfaatlarini tarixan shakllanuvchi ijtimoiy turmush, ishlab chiqarish usuli, ma'naviyat, davlatchilik bilan uyg'unlashtirishga qodir. Har bir inson moddiy va ma'naviy ne'matlarning muayyan miqdoriga da'vogarlik qiladi, intiladi, o'z navbatida ularni insonlarga berilishiga jamiyat va davlat imkoniyat yaratishi kerak. Bu ne'matlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.66 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.66 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga