Inson huquqlari monitoringi va inson huquqlari bo'yicha hisobot protsedurasi Reja: 1. O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy ma'ruzalari. 2. BMT shartnomaviy organlarining O'zbekistonning milliy ma'ruzalarini ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha mulohazalari. 3. BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi doirasidagi universal davriy kuzatuv. 4. O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha milliy harakat dasturlari. 5. Inson huquqlari bo'yicha ko'rsatkichlar - inson huquqlari sohasidagi muhim tendensiya sifatida. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Mo'minov A.R., Tillaboev M.A. Inson huquqlari: darslik. - T.: Adolat, 2013. - B. 257-279. 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2019. 3. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoniga 1-ilova. 4. Natsionalnie dokladi Uzbekistana po pravam cheloveka, dostupni na sayte UVKPCh OON ww.ohchr.org. xalqaro huquqda milliy huquqdagidek, normalarni bajarilishini ta'minlash, uning normalariga rioya etilishi ustidan qatiy nazorat olib borish va bajarilmagan taqdirda, tegishli huquqiy ta'sir vositalari bilan rioya qilinmagan, buzilgan normani tiklash va uning aniq va bir xilda bajarilishini ta'minlab beruvchi majburiy vositalar mavjud emas. xalqaro huquqiy tizim, uning birlamchi subyektlari bo'lmish davlatlarning teng huquqli azoligiga asoslangan va hech bir subyekt boshqa subyekt ustidan hokimiyatga ega emas, yani par in parem, non in parum. xalqaro huquq subyektlari o'z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro huquqning asosiy manbasi bo'lmish xalqaro shartnomaga ixtiyoriy ravishda qo'shiladilar va bunday xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri hisoblangan pacta sund servanda, yani xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni vijdonan bajarish tamoyili (agar, yanada oddiyroq qilib tushuntiradigan bo'lsak, o'zbek tilidagi labzi halollik) asosida bajaradilar. xalqaro normalar: birinchidan, xalqaro hamjamiyat tomonidan etirof etilgan; ikkinchidan, ilg'or xorijiy tajribaga asoslangan; uchinchidan, davlatlarning milliy manfaatlariga mos keluvchi va milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishni ko'zda tutuvchi qoidalarga asoslanadi. Implementatsiya xalqaro shartnoma normalarining ichki qonun hujjatlari tizimiga implementatsiyasi deganda - O'zbekiston Respublikasi ishtirokida tuzilgan xalqaro shartnomalar normalarining vakolatli davlat organlari tomonidan huquq ijodkorligi jarayonida qonunda belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarda aks ettirish tushuniladi. normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish; amaldagilariga o'zgartish va qo'shimcha kiritish; bazilarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish bilan bog'liq qonun ijodkorligi faoliyatni o'z ichiga qamrab oladi. Qonun hujjatlari monitoringi birinchidan, muayyan qonun hujjati bo'yicha monitoring o'tkazilganda u tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarga oid xalqaro shartnoma aniqlanadi, tizimli tahlil etiladi va qiyoslanadi; ikkinchidan, qonun hujjatini xalqaro huquq normalarini inobatga olgan holda takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi; uchinchidan, ushbu sohaga oid ijtimoiy munosabatlarning shakllanib borish suratlari aniqlanadi. Monitoring tushunchasi Monitoring lotincha monitium so'zidan olingan bo'lib, ogoh etuvchi degan manoni ifoda etadi. Mazmunan ushbu atama muayyan hodisa, jarayonni muntazam va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
428.7 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
428.7 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx