Inson huquqlari tizimida bola huquqlarining himoyalanishi Har qanday demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida, birinchi navbatda inson va fuqarolar huquqlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. Aytib o'tish kerakki, aksariyat hollarda inson huquqlari, fuqarolar huquqlari deyilganda katta yoshdagi aholi nazarda tutiladi-yu, bolalar esa e'tibordan chetda qoladi. Biz quyida bolalar huquqlari bilan bog'liq masalalar yuzasidan mulohaza yuritmoqchimiz. O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar huquqiy munosabatlarning subyektlari hisoblanadilar. Bizga ma'lumki, huquqiy munosabatlar subyekti deganda, qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan shaxslar tushuniladi. Davlat aholi boshqa tabaqalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoyalash va ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratadi. Bolalar huquqlari to'g'risidagi BMT Konvensiyasining 1-moddasi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22, 27, 29-moddalari, Oila kodeksining 71-moddalari mazmun-mohiyatidan kelib chiqib aytish joizki, 18 yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxs bola hisoblanadi (emansipatsiya holatlari bundan mustasno). Bola huquqlari, ularning qonuniy manfaatlari, avvalo, 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1959 yil 20 noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari Deklaratsiyasida ko'rsatib o'tilgan va Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi, Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktlarda, shuningdek, yuqoridagi xalqaro hujjatlar asosida 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyada mustahkamlangan. Bolalar huquqlariga oid normalarning rasmiylashtirilishidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, Bola huquqlari Deklarasiyasida ko'rsatib o'tilganidek, Bola aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo'lmaganligi sababli maxsus qo'riqlanish va g'amxo'rlikka, shu jumladan, tug'ilishidan oldin va keyin ham yetarli darajadagi huquqiy himoyaga muhtojligi ni e'tiborga olish hamda uni amalga oshirishdir. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 24-moddasiga asosan, har bir bola irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki nasl-nasabi (tug'ilishi)dan qat'i nazar, sira kamsitilmasdan ahvoliga ko'ra go'dak bo'lgani uchun oila, jamiyat va davlat tomonidan muhofaza tadbirlari ko'rilishi huquqiga egadir. Shuningdek, har bir bola tug'ilishi bilanoq darhol ro'yxatdan o'tkazilishi va unga nom qo'yilishi kerak hamda har bir bola fuqarolik sohibi bo'lish huquqiga egadir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaga muvofiq, har bir bola tug'ilishi bilan ismga ega bo'lish, fuqarolikni olish, ota-onasini bilish hamda ular tomonidan g'amxo'rlikka olinish huquqlariga ega. Shuningdek, har bir bola erkin va daxlsiz bo'lib, oiladagi yaxshi sharoit yaratilgan taqdirda ota-onasi bilan yashashga haqli. Bola o'z dunyoqarashini kengaytirish uchun ma'lumotlar to'plashi, boshqa odamlar bilan aloqada bo'lishi, uyushmalarga a'zo bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, har bir voyaga yetmagan shaxs o'z shaxsiy, oilaviy hayotiga, yozishmalar, telefonda so'zlashuvlarga aralashishlardan himoyalanish huquqiga ega. Nogiron va yetim bolalarga jamiyatda o'z o'rinlarini topib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.06 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.06 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: doc