Inson huquqlari to'g'risidagi g'oyalarning rivojlanishi Reja: Inson, jamiyat, davlat va ularning huquqiy asoslari. «Inson huquqlari» va «fuqarolik huquqlari». Inson bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarda qonun ustivorligi. 1. Inson, jamiyat, davlat va ularning huquqiy asoslari Inson jamiyatning faol bo'lagidir. Shundan kelib chikib, inson iqtisodiy munosabatlarning, siyosiy hamda ma'naviy hayotning bevosita ishtirokchisiga aylantirilmas ekan, ijtimoiy jarayonlarga uzviy jalb etilmas ekan, davlatning ravnaki, jamiyatning ma'naviy taraqqiyoti va kelajagi haqida gapirish mumkin emas. Inson va jamiyat, inson va davlat o'rtasidagi munosabat, shaxsning huquqiy holati masalalari kadimdan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy tafakkurning dolzarb mavzui sanalib keladi. Inson jamyatda usib ulgayadi, shaxs sifatida shakllanadi va faoliyat kursatadi. Jamiyat shaxslar sifatida (individlar)ning oddoiy yig'indisi emas. Balki u kishilar o'rtasidagi ijtiomiy aloqalar va munosabatlarning mujassam majmui, mushtarak maxsuli sifatida maydonga chikadi. Jamiyat - bu insonlarning umumiy manfaatlar hamda ehtiyojlari birligi asosida, ularni kondirish makasdidagi birikuvi va kishilar o'rtasidagi ijtiomiy munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir. Shaxs va jamiyat o'rtasidagi aloqadorlik nixoyatda serkirra bo'lib, turli shakl va mazmunga ega. Shaxsning jamiyat bilan aloqasi, avvalo oila, ta'lim-tarbiya va mehnat jamoalari kabi boshlang'ich buginlar vositasida amalga oshadi. Jamiyatni katta bir vujud (organizm) deb karaladigan bulsa, shaxs ana shu vujudning muhim hujayrasidir. Shaxs muayyan jamoalar, ijtimoiy guruhlar tarkibida shakllanadi, ijtimoiy aloqalar soxibi sifatida jismoniy va ma'naviy kamolotga etadi. Jamiyatning umumiy ijtimoiy ongi, ma'naviyati, madaniy darajasi, siyosiy-huquqiy saviyasi xar bir shaxs tarbiyasi va fel-tavoriga singib boradi. Shu bilan birga inson uzigagina xos xususiyat va fazilatlarga xam ega bo'ladi. xar bir inson tanxo (individual) va u betakrordir. Jamiyat shaxsning hayot faoliyati, erkin rivojlanishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy shart-sharoitlar yig'indisi bo'lib hisoblanadi. Jamiyat va shaxs aloqadorligi dialektikasi shundan iboratki, xar bir shaxsning erkin rivoji, o'z istedodi, qobiliyatlarini namoyon eta olishi pirvardida butun jamiyatning rivoji, ravnak topishi demakdir. «Inson, - deb takidlaydi ¤zbekiston Prezidenti I.A.Karimov, - o'z davlati, o'z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga etkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak» (I.A.Karimov, «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati». T., «sharq», 1993, 27-bet). Inson huquqlari va erkinliklari tizimi o'z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantikiga ega. Adabiyotlarda «inson huquqlarining uch avlod» bosqichi haqida kursatib utiladi. Ular kuyidagilardan iborat. Inson huquqlarining «birinchi avlodi» - fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi. Inson huquqlarining «ikkinchi avlodi» - bir kator obyektiv va subyektiv omillar ta'siri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan kupgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar ruy berdi. Nixoyat, inson huquqlarining «uchinchi avlodi» - «xamjihatlik huquqlari» deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy etirof etilgan qoidaga ko'ra ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.24 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.24 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc