Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidagi qoidalar Reja: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Huquqni muhofaza qilish organlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 maydagi «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi to'g'risida» qabul qilingan farmoni mamlakatimizda yuqori ko'tarinkilik bilan kutib olindi. Mazkur Deklaratsiya O'zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida qo'shilgan inson huquqlari bo'yicha 60 ta asosiy hujjatlardan birinchisidir. Unga amal qilib, Konstitutsiya va milliy qonunchilik hujjatlarida insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklari samarali himoya qilinmoqda, sud-huquq tizimi tobora liberallashtirilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida har bir insonga qo'yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligi to'liq tenglik asosida aniqlanishi takidlangan. To'liq tenglik deganda himoya va ayblov tomonlarining tengligi, ularning o'zaro bahs, tortishuv olib borishda teng huquqli ekanligi nazarda tutiladi. Deklaratsiyadagi mazkur qoida mustaqilik yillariga qadar etibordan chetda qolib kelgan edi. Yaqin o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, XX asrning 90-yillariga qadar, yani O'zbekiston sobiq Sovet davlati tarkibida bo'lgan davrda sud-huquq tizimi partiyaning to'liq izmida bo'lgan. Bu davrlarda insonlarning huquq va qonuniy manfaatlari poymol etilishining sabablaridan biri davlat manfaatining barcha manfaatlardan yuqori qo'yilganligidir. Jinoyat protsessida tortishuv prinsipiga faqat ko'r-ko'rona, qog'ozda amal qilingan. Huquqni muhofaza qilish organlari «yuqoridan berilgan ko'rsatmalar»ga asosan ish yuritganlar. Sud muhokamasi vaqtida hech qanday tortishuvga yo'l qo'yilmagan, himoya tomoni o'z pozitsiyalari asoslash imkoniyatidan mahrum bo'lgan. Chunki, G'.A.Abdumajidovning iboralari bilan aytganda, «…sovet davlati huquqiy emas, «huquqli» edi, fuqarolarga esa turli-tuman majburiyatu-mas'uliyat «nasib» etgandi, xolos». Fikrimizcha, 1930 yillarning so'nggidagi ommaviy qatag'onlarga, 1980 yillardagi «paxta ishi» bo'yicha Respublikamizdagi ko'plab ziyoli kishilarning hibsga olinishi, qiynoqlarga duchor etilishi va qurbon bo'lishiga hukmron mafkuradagi ayblov tarafining yaqqol ustunligi hamda jinoyat protsessida hech qanday tortishuvga yo'l qo'yilmaganligini sabab qilib ko'rsatish mumkin. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi «Sudda ishlarni yuritishda tortishuv» deb nomlandi. Uning birinchi qismida birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko'rilayotganda ish yuritish taraflarning o'zaro tortishuvi asosida amalga oshirilishi takidlangan. Moddaning ikkinchi qismida ish sudda ko'rilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilishi, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emasligi mustahkamlangan. Taraflarning kurashidan, sud bahslarida (tortishuvda) bir-biridan ustun kelishga intilishdan iborat bo'lgan tortishuv o'z mazmuniga ko'ra quyidagi an'anaviy uch elementni qamrab oladi: 1) ayblov va himoya taraflari o'rtasida protsessual vazifalarning taqsimlanishi va ularning sud faoliyatidan ajratilishi; 2) o'z vazifalarini amalga oshirishda taraflarning tengligi; 3) protsessda sudning faol va boshqaruvchilik o'rni. Protsessda suddan alohida bo'lgan ishda qatnashish huquqiga ega taraflarning ishtiroki, ularning tengligi, sudning taraflarning protsessual vazifalaridan ozod etilishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.22 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.22 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: docx