Inson huquqlari va erkinliklari - oliy qadriyat Har bir insonning hayoti nodir va betakrordir. Kishi bir marta yashaydi va uning hayoti mutloq qadriyatdir. Darhaqiqat inson shaxsi - buyuk ma'naviy va siyosiy qadriyat. Lekin uning qadriyatlari millat va halq ehtiyoji bilan uyun bo'lsagina, u faol kuchga aylanadi. Shaxs erki bepoyon emas. Shuning uchun ham erk me'yori huquq bilan belgilanadi. Shaxs erkining saviyasi esa ma'naviyat darajasiga monand bo'lib, u har bir insonning amaliy qadr qimmati o'lchovi hamdir. Milliy huquqiy tizimimizning pirovard maqsadi inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgandir. Prezidentimiz I.A.Karimov so'zlari bilan aytganda, «Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo'ladi. Har bir kishi o'z huquqlarini himoya qila olishi lozim. Buning uchun avvalo, mamlakatimiz aholisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur. Shu bilan bir vaqtda har bir inson to'ralarcha o'zboshimchalikdan, qonunsizlikdan o'z huquqlarini himoya qiladigan idoralar mavjudligiga amin bo'lmoi kerak». O'zbek davlati qadimgi Sudiyona va ko'hna Xorazm, Somoniylar, Xorazmshoxlar davlatini, Temur va temuriylar davlatining tajribasini, qadimiy xalqimizning butun tarixiy saboqlarini hamda uning o'z davlati va huquqiga ega bo'lish kabi asriy orzusini mujassamlashtirdi. Inson huquqlari va jamiyatni demokratlashtirish, umuminsoniylik, milliy davlat va huquq tushunchalarini o'zida mujassamlashtiradi. O'zbekiston mustaqillikka erishib, inson huquqlarini qaytadan yaratmoqda. Xalqimizning ma'naviy imkoniyati, uning boy tabiiy va texnikaviy imkoniyatlari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Davlatimiz Birlashgan Millatlar tashkilotiga azo, Ovrupo xavfsizligi va hamkorlik kengashining, Xelsenki jarayonining ishtirokchisidir. Davlatimizda xalqaro huquq va umuminsoniy qadriyatlar qonuniy ravishda ustivor maqomga egadir. Fuqarolar demokratik jamiyatning huquqiy asosini faollik bilan shakllantirmoqdalar. Jamiyatdagi hamma qatlamlar harakatga kelmoqda, taraqqiyotning turli oyalari ola surilmoqda. Inson huquqlari va demokratiya kabi jahonshumul hodisalarga doir tushunchamizni aniqlovchi prinsiplar - bu milliy davlat manfaatlariga, halqimizning o'ziga hosligiga, uning an'analariga muvofiqlik, Respublika suverinitetini chuqur hurmat qilishdir. Jamiyatimizda inson huquqlari faqat qonunlar bilan emas, balki xalqning o'z-o'zini anglashi, uning ezgulik sohasidagi axloqiy tajribasi, mehmondo'stligi bilan ham musahkamlanadi. O'zbekistonda butun sharq sivilizatsiyasiga xos bo'lgan oilani hamma choralar bilan qo'llab-quvvatlash eng muhim insoniy qadriyatlardan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Inson huquqlar va shaxsni xurmat qilish milliy madaniyatimizni va yosh davlatimizni boyitadi. Insonning intilishi huquqiy kafolatlangan. Davlat va jamiyatning burchi - huquq va erkinliklarni barcha imkrn va vositalar bilan kafolatlab berishdir. Bu huquqni amalga oshirish esa davlat va jamiyatni demokratiyalashtirilishining dastlabki eng muhim shartidir. Demokratiyaning insoniyligi ana shu bilan belgilanadi. Davlatimiz ko'p millatli. Shu sababdan har bir fuqaroning milliy qadr-qimmatga, o'z ona tili va madaniyatiga ega bo'lish huquqi mamlakatimizdagi fuqarolar totuvligining garovidir. Demokratiya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.37 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.37 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc