Inson huquqlariga sodiqlikning amaliy ifodasi Malumki, inson huquqlari eng oliy qadriyat bo'lib hisoblanadi. Shu bois, davlatimiz o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab amalga oshirilayotganligi har bir yo'nalish bo'yicha islohotlarning ustuvor vazifasi sifatida qaralayotganligidan dalolat bermoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov etirof etganidek, inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umumetirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy me'yorlardan ustunligi ham Konstitutsiyada muhrlab qo'yildi. Asosiy Qonunning 13-moddasida belgilanishicha, O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi belgilab qo'yilgan. Mamlakatimizda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas. Konstitutsiya va qonunlar nafaqat fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgilabgina qolmasdan, balki uni amalga oshirish chegaralarini ham mustahkamlaydi. Yani, fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham umumetrof etilgan xalqaro huquq normalariga asoslangan tarzda ifoda etilgan. Davlat qayd etilgan huquqlarni nafaqat konstitutsiyaviy normada mustahkamlaydi, balki uni amalga oshirish va himoya qilish asoslarini ham kafolatlaydi. Binobarin, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Inson huquqlariga oid umumetirof etilgan xalqaro huquqiy hujjatlarga va milliy qadriyatlarga asoslanib milliy huquqiy tizim rivojlanayotganligi mamlakatimizning inson huquqlariga sodiqligining yorqin namunasidir. Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab inson huquqlariga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilib, uni ijtimoiy hayotda joriy etib borayotganligi, inson huquqlariga oid institutsional tuzilmalarning davlat va nodavlat shaklida tashkil etilib samarali faoliyat yuritayotganligi ham o'zining ijobiy samarasini bermoqda. Eng muhimi, inson huquqlarini himoya qilish borasida O'zbekiston siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qizg'in qo'llab-quvvatlanayotganligi Respublikamizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosatining isbotidir. Sud-huquq sohasidagi islohotlar ham pirovardida inson huquqlari ustuvorligidan kelib chiqib ijtimoiy hayotga tatbiq etilayotganligi, bunday etirofning ifodasidir. O'zbekiston Respublikasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.46 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.46 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc