Inson omili hamma narsadan ulug'

Inson omili hamma narsadan ulug'

O'quvchilarga / Huquq
Inson omili hamma narsadan ulug' - rasmi

Material tavsifi

Inson omili hamma narsadan ulug' Har qanday jamiyatni va davlatni uning xalqisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu jumladan mustaqil O'zbekiston Respublikasini ham. O'zbekiston Respublikasi xalqini mamlakatimiz hududida faolit ko'rsatib kelayotgan millatidan qat'iy nazar uning fuqarolari tashkil qiladi. Bu borada asosiy qonunimizning 18-moddasida shunday deyilgan: O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos bo'lishi shart. Bundan ko'rinib turibdiki, demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida shaxdam qadamlar qo'yib borayotgan mustaqil mamlakatimizda barcha fuqarolar teng huquqlidirlar. O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasini 7-moddasining mazmunida bayon qilinishicha xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi, deb ko'rsatilgan bo'lsa, Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat organlari va manfaatdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul deb ko'rsatib qo'yilgan. Ularning hammasi ham davlatimizni demokratik xarakterdagi davlat ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi, unga ko'ra inson, uning hayoti erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu konstitutsiyamizning 13-moddasida o'z ifodasini topgan. Ushbu moddaning mazmuni ham insonni jamiyki ne'matlari ichida eng ulug' ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda sud - huquq sohasi bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ham, o'zining tub mohiyatiga ko'ra mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan harakatlarni ajralmas qismi bo'lib boshqa hokimiyat turlari bilan teng huquqli asosda kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishga qaratilgan muhim omil bo'lib hisoblanadi. 1995 yil 25 dekabrda bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasai Oliy Majlisini 4-sessiyasida Prezidentimiz sud hokimiyati borasida to'xtalib o'zlarining quyidagi fikrlarini bildirgan edilar: Sud - hokimiyatning uchinchi tarmog'idir. Davlatning obro'si, jamiyatning obro'si sud organlari va sudyalarning qonun me'yorlariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me'yorlariga nechog'lik mos kelishiga bevosita bog'liqdir Mamlakatimizda sud tizimini tubdan isloh etish yuzasidan ko'p ishlar qilindi. Lekin bu sohada va ayniqsa kishilarning onggini va ularning sud hokimiyatiga nisbatan munosabatini o'zgartirish borasida ko'p ishlarni bajarishimiz lozim. Sud hokimiyatini tub mohiyati jamiyat va davlat hayotida, shuningdek inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari hamda erkinliklari demokratiya va qonuniylikni bir me'yorda ta'minlab borish hamda barqaror bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hokimiyatning oldiga qo'ygan asosiy vazifa-inson va fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu konstitutsiyaga muvafiq qabul qilingan boshqa qonunlarga asosan ularga qonuniy tarzda berilgan shaxsiy huquqlar, erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.64 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.64 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga