Inson taraqqiyoti konsepsiyasi

Inson taraqqiyoti konsepsiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Inson taraqqiyoti konsepsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Inson taraqqiyoti konsepsiyasi Hozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez - tez qo'llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 - yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag'ishlangan Ma'ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko'ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozim. Odamlarning sifatli ta'lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o'rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo'lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi. Inson taraqqiyoti - bu inson imkoniyatlarining kengayishi jarayonidir. Bular ichida eng muhimlari sog'lom va uzoq umr ko'rish, bilim egallash va munosib hayot darajasiga ega bo'lish imkoniyati hisoblanadi. Agarda ushbu imkoniyatlarga erishish cheklangan bo'lsa, unda boshqa ko'plab imkoniyatlar ham qo'lga kiritilmay qolaveradi. Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va o'lchovi nomli Ma'ruzasidan Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya'ni qaysi mamlakat o'z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo'lsa, o'sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to'kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o'rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi mamlakatning haqiqiy boyligi - bu uning odamlaridir, degan asosiy g'oyani targ'ib qiladi. 1990 - yil boshlaridan beri inson taraqqiyoti ko'rsatkichi (indeksi) belgilab olindi. Unga asosan mamlakat rivojlanishining o'rtacha darajasi inson taraqqiyotining asosan quyidagi uch asosiy o'lchoviga ko'ra aniqanadigan bo'ldi: 1. Kutiladigan yashash davomiyligi ko'rsatkichi o'zida mamlakat sog'liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta'minotning holatini ma'lum darajada aks ettiradi. 2. Ta'lim darajasi ko'rsatkichi aholi katta yoshli qismi(15 yosh va undan katta)ning savodlilik darajasini va aholini boshlang'ich, o'rta va oliy ta'limga jalb qilish holatini o'zida ifoda etib, mamlakat ta'lim tizimining qay tarzda ekanligini ko'rsatib beradi. 3. Aholi jon boshiga nisbatan YaIM (yalpi milliy mahsulot) ko'rsatkichi mamlakat fuqarolarining daromadi qay darajada ekanligini ko'rsatadi. Ushbu tarkibiy qismning har biri insonning muhim va asosiy imkoniyatlarini o'zida qamrab oladi. Inson taraqqiyotining bu uchala komponenti uchun muntazam ravishda hisoblanadigan va deyarli dunyodagi barcha mamlakatlar taqqoslanadigan ko'rsatkich tizimi taqdim qilingan. BMT statistik ma'lumotlariga ko'ra, 2004 yil O'zbekistonda inson taraqqiyoti ko'rsatkichlari quyidagi natijalarni bergan: Ta'lim ko'rsatkichi 40,45%ni tashkil etib, mamlakat ta'lim sohasi butundunyo o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori yoki 177 davlat orasida 80 o'rindan joy olgan. Kutiladigan o'rtacha umr davomiyligi 34,92%dan iborat bo'lib, dunyo mamlakatlari bo'yicha 112 - o'rinda turgan. Biroq aholi jon boshiga nisbatan YaIM ko'rsatkichi 177 mamlakat orasidan faqatgina 141- o'rinni egallagan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 325.36 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:20 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 325.36 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga