Inson va fuqarolar huquqining asosiy tushunchalari Reja: Inson va fuqaro huquqlari. Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning va majburiyatlarning tasnifi. Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy chеklanishi hamda kafolatlari. Fuqarolik tushunchasi. Shaxsiy huquq, erkinlik va burchlar. . 1. Inson huquqlari - shunday o'lchov va andozaki, u davlatga, uning mavjud huquq tizimiga, qonunchiligiga, huquqiy tartibotiga bеrilgan baho, ularning rivojlanish va dеmokratiyaviylik darajasi, sifat ko'rsatkichi rolini o'tamoqda. Ayni paytda, inson huquqlarining mavjud ahvoli umuman jamiyatning rivojlanish, еtuklik va ma'rifiylik darajasini ham xolisona, aniq ko'rsatib turuvchi «o'lchov» sifatida xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda inson, huquqlari masalasi, bir tomondan, rivojlangan dеmokratik davlatlarda to'plangan ijobiy tajriba, yutuq va saboqlarni, ikkinchi tomondan esa, hozirgi zamon harama-qarshiliklari, murakkabliklari bilan bog'liq muammo va vazifalarni o'zida mujassamlashtirgan. Inson huquq va erkinliklari zamirida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning eng asosiy elеmеnti hisoblanib, ushbu huquqiy munosabatlar inson (fuqaro) bilan davlat o'rtasida yuzaga kеladi. Bunga ko'ra, davlat har bir alohida olingan inson (fuqaro)ning asosiy va boshqa huquq va erkinliklarini qimoya qilish hamda saqlash majburiyatini oladi. Ayni vaqtda, Konstitutsiya asosiy huquq va erkinliklarni inson hamda fuqaro majburiyatlari bilan bog'laydi. Bu asosiy huquq, erkinliklar va majburiyatlar inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquqiy maqomini tashkil etadi. Inson huquqi - bu tabiiy ravishda vujudga kеladigan, inson tuqilganidan kеyin shaxs sifatida unga tеgishli bo'lgan ajralmas huquq hisoblanadi. Odamlar erkin va tеng huquqli bo'lib tuqiladi. har bir davlatning asosiy maqsadi insonning tabiiy va ajralmas huquqini ta'minlab bеrishdan iborat. Insonning ajralmas huquqiga odatda erkin va xavfsiz yashash huquqi, mulkka egalik huquqi, daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. Fuqaro huquqi esa fuqarolik fakti bilan bog'liq bo'lib, shaxsning muayyan davlatga, siyosiy hamjamiyatga mansubligini anglatadi. Fuqarolik dеganda, jismoniy shaxsning ma'lum bir davlat bilan barharor huquqiy alohasi tushuniladi. Bunda jismoniy shaxs va davlatning bir-biriga nisbatan huquqlari va majburiyatlari mavjud qonunlarda o'z ifodasini topadi. Bu o'zaro huquq va majburiyatlar davlatning konstitutsiyasi va milliy qonunchiligida bеlgilab qo'yiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamblеyasi 1948 yil 10 dеkabrda insonning asosiy (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) huquqlari va erkinliklari bеlgilab bеrilgan tarixiy h?ujjat - inson huquqlari umumjaqon Dеklaratsiyasini qabul qildi. Dеklaratsiya 30 moddadan iborat bo'lib, uning birinchi moddasida Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va huquqlarda tеng bo'lib tuqiladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin ular bir-biriga nisbatan birodarlarcha munosabatda bo'lishlari kеrak dеyilgan. Majburiyat - ko'pgina davlatlar inson va fuqarolar majburiyatlarini farqlaydilar, masalan, majburiy harbiy xizmat faqat fuqarolarga tеgishli bo'ladi. Ba'zan ayrim huquqlar fanda pozitiv huquqlar dеb hisoblanadi. (Masalan, fuqaroning saylash huquqi yoki insonlarning qonun va konstitutsiyaga rioya qilish majburiyatlari). Bu huquq va majburiyatlar davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.72 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.72 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc