Inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklari

Inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklari

O'quvchilarga / Huquq
Inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklari - rasmi

Material tavsifi

Inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklari 1.Siyosiy huquqlar tushunchasi. 2.Siyosiy huquqlarning turlari. 3.Saylov huquqi. 4.Referendumga ishtirok etish huquqi. 5. Umumxalq muhokamasiga eshtirok etish huquqi. 6. Mitinglar, namoyishlar, yig'ilishlarda ishtirok etish huquqi 7. Jamoat birlashmalariga uyushish,ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi. 8.Vakolatli davlat organlariga, muassasalariga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqi. 9.Iqtisodiy huquq va erkinliklar. 10. Ijtimoiy huquq va erkinliklar . REJA : Siyosiy huquqlar shaxsiy huquqlardan farq qilib, faqat shu mamlakat fuqarolariga taaluqlidir.Ya'ni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'rnatilgan siyosiy huquqlar faqat O'zbekiston fuqarolarigagina taaluqlidir.1948-yil BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 15-moddasida Har bir insonning fuqarolik huquqi bor degan qoida aslida shu siyosiy huquqlarni nazarda tutadi. Siyosiy huquqlar shaxsiy huquqlar singari insonning tug'ilishi bilan paydo bo'lmay shaxsning fuqaroligi natijasida foydalanishi mumkin bo'ladigan huquqlardir.Agar shaxs fuqaro bo'lmas, ya'ni ma'lum bir davlatga huquqiy mansub bo'lmasa, siyosiy huquqlardan foydalana olmaydi.Shuning uchun Konstitutsiyada shaxsiy huquqlar hammaga tegishli deb ko'rsatilsa, siyosiy huquqlar fuqarolarga tegishli deb ko'rsatiladi. siyosiy huquqlar ham davlat tomonidan e'tirof etiladi,ta'minlanadi. Siyosiy huquqlarning qay darajada e'tirof etilishi va ta'minlanishi darajasiga qarabdavlatning demokratik davlatmi yoki demokratik davlat emasmi degan savollarga javob topiladi. O'zbekistonda hokimiyatning yagona manbai xalqdir,bu Konstitutsiyada ham belgilab qo'yilgan. Siyosiy huquqlar tushunchasi O'zbekiston xalqini esa fuqarolar tashkil etadi.Demak, hokimiyat manbai fuqarolar hamdir.Ular hokimiyatning manbai bo'lgach,uning amalga oshirishlari kerak.Hokimiyatni amalga oshirishda fuqarolar siyosiy huquqlardan foydalanadi, ya'ni siyosiy huquqlar fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarish,ularning ishida ishtirok etish imkoniyatini beruvchi huquqlardir. Siyosiy huquqlardan foydalanish orqali fuqarolar mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etadi,aniqrog'i davlat organlarini tuzishda,deputatlar saylashda,mansabdor shaxslarni saylashda, ularni faoliyatini nazorat qilishda, muhim qonun va boshqa hujjatlar ishlab chiqishda,davlatning iqtisodiy,siyosiy faoliyatini belgilashda bevosita ishtirok etadi.Qisqa qilib aytganda, siyosiy huquqlar fuqarolarning siyosatd ishtirokini ta'minlaydigan huquqlardir. Siyosiy huquqlarning turlari Bu siyosiy huquqlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII bobida o'z o'rnini topgan. Konstitutsiyaning shu bobi Siyosiy huquqlar deb nomlangan,biz quyidagi Konstitutsiyaning shu bobi moddalari to'grisida so'z yuritamiz.Konstitutsiyaning 31-moddasida Respublika fuqarolari janmiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etadi deb ko'rsatilib bevosita va vakillar orqali ishtirok etishini shakllari sifatida o'zini o'zi boshqarish,referundiumlar o'tkazish,davlat organlarini demokratik shaklda tashkil etish ko'rsatiladi.Demak, fuqarolar davlatni boshqarishda o'zlari bevosita qatnashar yoki vakillari orqali ishtirok etar ekan. Vakillari orqali ishtirok etishda xalq deputatlari kengashlarini,Oliy majlisda saylangan deputatlarni ,O'zbekiston Respublikasi Prezidentini misol qilib ko'rsatish mumkin.Ular xalq vakillari bo'lib, xalqning manfaatini ifodalaydi. Saylov huquqi. Fuqarolarning davlat ishlarida bevosita ishtiroki esa turli tuman vositalar orqali ro'yobga chiqariladi.Bulardan bittasi saylovdir.Respublika fuqarolari ma'lum yoshga yetgach, saylov huquqiga ega bo'ladi.Saylov huquqi deganda saylash va saylanish huquqini ajtarish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 652.3 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:20 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 652.3 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga