Inson va tashkilot

Inson va tashkilot

O'quvchilarga / Huquq
Inson va tashkilot - rasmi

Material tavsifi

Inson va tashkilot Reja: Insonning tashkilotga kirishi Insonga tashkilotda o'zini tutishni o'rgatish Inson bilan tashkilotning o'zaro munosabati Insonning tashkilotga kirishi Shubhasiz, har bir inson o'z hayoti davomida tashkilotga kirish jarayonini bir necha bor boshidan kechirishiga to'g'ri keladi. tashkilotda bo'lish va unga kirish - bir xil narsa emas. Insonning tashkilotga kirishi bir qator muammolarning yechimi bilan bog'liq. Birinchidan, bu - insonning yangi muhitga moslashishi, ushbu jarayon hamma vaqt ham muvaffaqiyatli kechavermaydi, uning muvaffaqiyati inson bilan tashkiliy muhit (tashkilotdagi insonlar doirasi) o'rtasidagi o'zaro munosabatning to'g'ri yo'lga qo'yilganligiga bog'liq. Ikkinchidan, bu - inson xulqining o'zgarishi, usiz ko'p holatlarda tashkilotga kirib bo'lmaydi. Uchinchidan, bu - tashkilotdagi o'zgarishlar. Ilmiy muammolar nafaqat insonning tashkilotga kira olish-olmasligini, balki u tashkilotda qanday ishlashini, atrofdagilar bilan o'zaro munosabatni qanday yo'lga qo'yishini belgilab beradi. tashkilotning qadriyatlar tizimini, asosiy me'yorlar va qoidalarni o'rganish kabilar yangi a'zo uchun tashkilotga muvaffaqiyatli kirishning muhim sharti hisoblanadi, agar inson ularni bilmasa, u bilan atrofidagilar o'rtasida keskin nizolar kelib chiqishi mumkin. Bunday me'yorlar va qadriyatlarni o'rnatish menejerlar va kadrlar xizmatining vazifasiga kiradi. tashkilotga kelgan inson ularni o'rganish zarurligini anglab yetishi va bunga tashkilotga kirish narxi ning bir qismi sifatida qarashi lozim. tashkilotga kelgan inson bu unga o'zi bilan atrofidagilar o'rtasida kelib chiqishi umkin bo'lgan ixtiloflar uchun to'lov ni qisqartirishga yordam berishini tushunishi kerak. tashkilotning unga kiruvchi inson o'rganishi lozim bo'lgan eng muhim tomonlari quyidagilardan iborat: ushbu tashkilotning vazifasi va maqsadlari; tashkilot maqsadlariga erishish uchun foydalanilishi mumkin bo'lgan vositalar; tashkilot erishgan imij; tashkilotning o'ziga xos xususiyatlarini hamda uning faoliyat ko'rsatishini ta'minlovchi me'yorlar va qoidalar; u bajarishi lozim bo'lgan funksiyalar; tashkilotdagi xulq standartlari. tashkilotga ishga kirayotgan inson hamkasblari bilan muloqotda qanday me'yorlarga amal qilishi, tashkilotning faoliyatini qanday talqin etish, rahbariyatga qanaqa masalalar yuzasidan murojaat qilish, ishga qanday ko'rinishda borish, ish vaqti va dam olish uchun ajratilgan vaqtni qanday sarflash lozimligini aniq bilib olishi zarur. Bunda ikkita butunlay har xil jarayon bo'lishi mumkin. Birinchisi bu - avvalgi tajribasi qadriyat va axloq me'yorlari o'xshash bo'lgan ish bilan bog'liq bo'lgani sababli tashkilotning me'yor va qadriyatlarini tushunadigan insonni o'rgatish jarayoni. Bunda yangi a'zo o'z axloqini yangi sharoitlarga moslashtirish maqsadida o'ziga tanish bo'lgan axloq qoidalarining namoyon bo'lishi va muloqot qilish holatlariga e'tiborni qaratishi lozim. Ikkinchi jarayon inson axloq me'yorlari bu yerdagidan farq qiladigan muhitdan kelganda o'rin tutadi. Bunda o'zini qadriyatlarning boshqa tizimi egasi sifatida bilish va ulardan yiroqlashish vazifasi paydo bo'ladi. Faqat shundan keyingina inson amal qilishi lozim bo'lgan yangi me'yorlarni o'zlashtirish boshlanishi mumkin. Ushbu jarayon biroz murakkabroq, chunki nafaqat tashkilotda nima qilinayotganligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.1 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.1 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga