Integral mikrosxemalar topologiyalari tushunchasi, ularning intellektual mulk sifatida Reja: Integral mikrosxemalar topologiyalari tushunchasi va ularning intellektual mulk sifatida ko'rinishi EHM uchun dasturlar, ma'lumot bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalarga talabnoma tuzish, berish va guvohnoma olish jarayoni Integral mikrosxemalar topologiyalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solish haqida tushunchalar O'zbekiston Respubliasi «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risidagi» qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan. Qonun 12 may 2001 yilga kuchga kirgan. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: integral mikrosxema - elektron vazifalarni bajarishga mo'ljallangan, tuga lyoki oraliq shakldagi mikroelektron buyum bo'lib, undagi elementlarining hech bo'lmaganda biri faol hisoblanadi, buyumdagi bog'lanishlarning ayrimlari yoki borchasi bu buyum tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtida uzviy shakl topgan bo'ladi; integral mikrosxema topologiyasi - integral mikrosxema elementlarining va ular o'rtasidagi bog'lanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi; huquq egasi - integral mikrosxema topologiyasining muallifi, uning merosxo'ri, shuningdek integral mikrosxema topologiyasidan foydalanish mulkiy huquqlarini qonunga yoki shartnomaga asosan olgan va ularga ega bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyektlari va shartlari. Integral mikrosxemaning ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan o'ziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) integral mikrosxema topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi. Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga malum bo'lmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar o'ziga xos deb etirof etiladi. Yaartilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga malum bo'lgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yig'indisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga to'la muvofiq bo'lsagina, huquqiy muhofaza beriladi. Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan g'oyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tadbiq etilmaydi. Topologiya muallifi. Ijodiy mehnati bilan topologiyani yaratgan jismoniy shaxs shu topologiya muallifi deb etirof etiladi. Agar topologiya ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehanti bilan yaratilgan bo'lsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb etirof etiladi. Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy hissa qo'shmagan, biroq muallifga texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam ko'rsatgan yoxud topologiyadan foydalanish huquqini rasmiylashtirishga ko'maklashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb etirof etilmaydi. Muallifning topologiyaga bo'lgan huquqi boshqa shaxsga o'tkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi. Topologiyadan foydalanish huquqi. Huquq egasiga topologiyadan o'z ixtiyoriga binoan foydalanish, shu jumladan uni tayyorlash, qo'llash va tarqatish mutlaq huquqi tegishlidir. Huquq egasi topologiyada, shuningdek shunday topologiyani o'z ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:58:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
285.38 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:58 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
285.38 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: doc