Intellektaual mulkning strukturaviy tarkibi

Intellektaual mulkning strukturaviy tarkibi

O'quvchilarga / Huquq
Intellektaual mulkning strukturaviy tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Intellektaual mulkning strukturaviy tarkibi Reja: Intellektaual mulkning strukturaviy tarkibi Fan, adabiyot, san'at asarlari va ulardan intellktual mulk sifatida foydalanish Tayanch tushuncha va iboralar: Mulk strukturasi; sanoat mulki tushunchasi; mulk tarkibi; Davlat reystri; sanoat mulki obyektlari; patent egasi; talabnoma; sanoat namunalar; nosanoat mulki; fan, adabiyot, san'at asarlari. 1. Intellektual mulkning strukturaviy tarkibi Intellektual mulk - bu insonni ijodiy faoliyat natijasiga huquqi deb aytaladi O'zbekiston Respublikasini fuqarolar kodeksini 164 moddasiga assosan Mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Intellektual mulk asosini fan-ijod, texnika va ishlab chiqarish bo'lib, bular bir-biriga chambarchas bog'langan. Eng yangi ilmiy ijod mahsulidan uning amaliyotga tadbiq etilishigacha bo'lgan yo'lni tashkil etadi. Bundagi ilmiy-texnikaviy rivojlanish, xalq xo'jaligi ishlab chiqarish va xizmat sohasida iqtisodiy qonunlariga asoslangan holda, muntazam ravishda fan va texnika yutuqlarini amaliyotda qo'llab borish bilan olib boriladi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanishda, mamlakatdagi ixtirochilikga bo'lgan munosabat o'ta muhim hisoblanadi. Ixtirolarning xalq xo'jaligida qo'llanilishi natijasida olingan iqtisodiy samara ilmiy-texnikaviy rivojlanishning hal qiluvchi omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham intellektual mulk bo'lgan ixtiro - patentlarning yangi texnologiya, texnika sifatida xalq xo'jaligiga tadbiqi yurtimiz iqtisodiyotiga yalpi ishlab chiqarish suratini jadallashtiradi. Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanish vaqtida mavjud va bo'lajak intellektual mulkning muhofazasiga yurtimizga katta etibor berilayaptiki, bunga ayniqsa yuqorida keltirilgan, mustaqillik yillarida qabul qilingan qonun va qoidalar buning isboti bo'la oladi. Intellektual mulk strukturaviy tarkibi bo'yicha u asosan sanoat mulki, nosanoat mulki va fan adabiyot sanoat asarlari va ulardan foydalanish bo'yicha bo'linadi (rasm). Rasm. Intellektual mulk strukturaviy tarkibi. Fan, adabiyot, san'at asarlari va ulardan intellektual mulk sifatida foydalanish Intellektual mulkning yana bir eng katta guruhini fan, adabiyot va san'at asarlari tashkil etadi. Ularga: Adabiy asarlari (adabiy-badiiy, ilmiy, o'quv, publistik va boshqalar); drama va senariy matnli yoki matnsiz musiqa, musiqali drama; xoreografiya asarlari va pantanimalar; audivizual asarlar rang tasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn, tasviriy asarlar; manzarali amaliy va sahna bezagi; arxitektura shaharsozlik va bog'-parklar barpo etish; fotografiya va ularga o'xshash asarlar; jo'g'rofiya, geologiya xaritalari, topografiya va h.k. kiradi. Adabiyotlar: 1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2014. 2.O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 2014. 3. Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. Darslik. T.: 2008. 4. O'zbekiston Respublikasi fuqarlik kodeksi sharh: Professional sharhlar. T 2. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - Toshkent: Baktria press, 2013, - 768 b. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.97 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.97 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga