Intellektual mulk huquqi. Mualliflik huquqi. Turdosh huquqlar

Intellektual mulk huquqi. Mualliflik huquqi. Turdosh huquqlar

O'quvchilarga / Huquq
Intellektual mulk huquqi. Mualliflik huquqi. Turdosh huquqlar - rasmi

Material tavsifi

Intellektual mulk huquqi. Mualliflik huquqi. Turdosh huquqlar Reja: Intellektual mulk huquqi to'g'risida ilmiy nazariyalar tavsifi Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish asoslari Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlar Mutlaq huquq tushunchasi va uning mazmuni Litsenziya shartnomalari va ularning turlar Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to'g'risidagi shartnomalar Mutlaq huquqlarning amal qilish muddatlari Mualliflik huquqi tushunchasi, tamoyillari va asosiy kategoriyalari Mualliflik huquqi subyektlari Elekgron hisoblash mashinalari (EHM) va ma'lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o'ziga xos obyekti bo'lib hisoblanadi. «Intellekt» lotincha so'z bo'lib, «aql» manosini anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari - ashyolar, qimmatbaho qog'ozlardan quyidagi xususiyatlari bo'yicha farq qiladi: a) ko'p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko'rinishda emas, balki, g'oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo'ladi. obyektiv shaklda ifodalangan g'oya, bilim moddiy eltuvchida, moddiy ifodada, masalan, chizma, maket, apparat, qurilmada mujassamlashgan bo'lishi mumkin, biroq, bunda g'oya, bilim birlamchi, uning moddiy mujassami har doim ikkilamchi bo'ladi; b) g'oya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) bunday obyektlardan bir vaqtning o'zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin; g) intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining muddatsizligi haqidagi qoida (FKning 164-moddasi) qo'llanilmaydi. Binobarin, ko'pchilik hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni hisobga olmaganda) intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan bo'ladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar o'tishi bilan intellektual mulk huquqi sohibining intellektual mulkning muayyan obyektiga nisbatan huquqlari bekor bo'ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan malum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo'ladi; e) intellektual mulk huquqi obyektlari g'oya ko'rinishida bo'lgan hollarda ularni ashyolar singari egallash mumkin emasligi, ulardan bir vaqtning o'zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish imkoniyatlari mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion davoni qo'llash (FKning 228-moddasi) imkoniyati amalda mavjud emas; yo) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo'llaniladi; j) intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, malum hudud bilan ham chegaralangan bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent O'zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi; z) ko'pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan ularning mualliflari shaxsiy huquqlari mavjud bo'lib, bu obyektlardan foydalanuvchilar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim bo'ladi. Intellektual mulk obyektlari bu obyektlarning qanday faoliyat mahsuli ekanligi, ularning huquqiy rejimi va shu kabi xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 93.88 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 93.88 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga